Aleksey Navalniy beş kunga jazo izolyatoriga jönatildi, bu haqdagi yozuv 24 avgust, çorşanba kuni muxolifatçining ijtimoiy tarmoqlarida paydo böldi.
Siyosatçining sözlariga köra, u bir neça soniya davomida qöllarini orqasida uşlab turmagani uçun jazo izolyatoriga jönatilgan. «Buyurtma aniq Moskvadan kelgan. Hatto Rossiyaning JIZO qamoqxonasi me’yorlariga köra, 3 soniya davomida qöllarni orqada tutmaslik bunga sabab böla olmas edi», deb hisoblaydi Navalniy.
Avvalroq, Navalniy avgust oyida ham jazo izolyatoriga yuborilgan edi. Bunga iş xalatining yuqori tugmasi yeçib qöyilgani sabab bölgan.
Aleksey Navalniy fevral oyi boşida Moskvaning Simonovskiy tuman sudi «Iv Roşe» işi böyiça unga çiqarilgan şartli hukmni haqiqiy 3,5 yillik qamoq jazosiga özgartirgani uçun ozodlikdan mahrum etiş joylariga jönatildi. Rasmiy sabab - muxolifatçi jazoni ijro etiş komissiyasiga hisobot beriş uçun belgilangan kunlarda kelmagan. Ammo, u 2020 yil avgustidan boşlab, «Noviçok» bilan zaharlangani hamda Germaniyaga davolaniş uçun olib ketilganidan söng, umuman inspektor huzuriga kelişni töxtatgan.
Navalniy va uning advokatlari sudga muxolifatçi jismoniy jihatdan inspektorning oldiga boriş imkoniga ega bölmaganini bildirgan, sababi u Germaniya klinikalaridan birida avval statsionar, keyin esa ambulator davolangan va bu haqda jazoni ijro etiş inspeksiyasini xabardor qilgan.
22 mart kuni sud Aleksey Navalniyni «firibgarlik va sudni haqorat qiliş» işi böyiça töqqiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Lefortovo sudining sayyor majlisi Navalniy «Iv Roşe» işi böyiça jazo muddatini ötayotgan Pokrovdagi 2-sonli koloniyada ötkazildi. Prokuror Nadejda Tixonova unga 13 yillik jazo muddati berilişini söradi. Navalniy 14 iyun kuni IK-6’ga ötkazildi.












