Şanba kuni «kanonirlar» «Bornmut»ni 3:0 hisobida yengib, 6 yil içida birinçi marta turnir jadvalining eng yuqori poğonasiga kötarildi va bu mavsumda hali oçko yöqotmagan yagona klubga aylandi.
«Uçta öyin, uçta ğalaba, töqqizta gol urilgan, ikkita gol ötkazib yuborilgan – ajoyib buriliş», deb yozdi GOAL.
Ötgan mavsum starti bilan taqqoslansa, klubdagilarning hozirgi kayfiyati nega juda yaxşi ekanini tuşuniş mumkin: bir yil oldin «Arsenal» uçta öyinda bitta ham gol ura olmay mağlub bölgan va jadval tubida yotgandi.
Bir yil oldin boş murabbiy Mikel Artetaning «Arsenal»dagi faoliyati söroq ostida turgandi. Lekin şanba kuni u «Vitality» stadionini qaddini tik tutgan holda tark etdi, muxlislar esa uning nomini baralla ovozda kuylab, olqişlar bilan kuzatişdi.
«Bizning ruhiy holatimiz juda boşqaça», deb tan oldi Arteta klubdagi hozirgi va 12 oy oldingi kayfiyatni taqqoslaş söralganida.
«Buni seziş qiyinmas. Çunki futbol öyinlaridagi mağlubiyat qanday öyin namoyiş etilişidan qat’i nazar, ruhiyatga juda salbiy ta’sir körsatadi. Şubhasiz, hozir hamma baxtiyor, hamma bundan zavqlanmoqda va biz bu lahzani saqlab qolişimiz, kamtar bölişimiz va rivojlanişda davom etişimiz kerak», dedi u.
Arteta şanba kungi öyindan keyin APL startidagi birinçi örin heç narsani anglatmasligini ta’kidladi.
«Bu atigi 3 ta öyindan keyingi vaziyat. Bu heç narsani anglatmaydi, dedi u. - Biz uçta öyinda ğalaba qozondik, gollar urmoqdamiz, öz darvozamiz daxlsizligini saqlab qolyapmiz va jamoa yaxşi öynayapti. Bu faqat mana şuni anglatadi».
Albatta, Arteta mavsum boşida eng yuqori poğonaga çiqiş hali heç narsani anglatmasligi haqida töğri gapirmoqda. Ammo joriy mavsumdagi start klubdagi vaziyat 12 oy avvalgidan qançalik farq qilişini körsatyapti.
2021 yil 28 avgust kuni «Mançester Siti»ga 0:5 hisobida yutqazgan jamoani olaylik, bu mağlubiyat Arteta yigitlarini turnir jadvali tubiga tuşirib yuborgandi. Bu tarkibdan faqat uç nafar futbolçi – Bukayo Saka, Granit Jaka va Martin Edegor şanba kuni «Bornmut»ga qarşi öyinda maydonga tuşdi. Özgariş sezilarli.
«Arsenal» bir yil oldin parokanda edi. Ötgan mavsumda dastlabki uçta öyinda ular darvoza tomon atigi 7 marta zarba berişgan bölsa, joriy mavsumda zarbalar soni 15 ta böldi. Ötgan mavsumda öz darvozalari tomon 55 ta zarbani ötkazib yuborişgandi (18 tasi darvoza hududiga töğri keladi). Bu mavsumda esa 22 ta zarba (5 tasi darvoza hududiga).













