Yevropa Ittifoqi agentligi ma’lumotiga köra, qit’aning 2/3 qismi ogohlantiriş holatiga tuşib qolgan, deb yozmoqda Reuters. Qit’a suv yöllari qatnovining qisqarişi, elektr ta’minoti va dalalarda hosilning kamayişi bilan boğliq muammolar qarşisida turibdi.
Yevropa Komissiyasi nazorat qiladigan Yevropa qurğoqçilik observatoriyasining avgust oyidagi hisobotida keltirilişiça, Yevropaning 47 foizida tuproq namligi tanqisligi, 17 foizi favqulodda holatda turibdi va bu ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir körsatmoqda. Holat – oxirgi 500 yillikdagi eng yomon qurğoqçilik deb baholandi.
Qit’ada avgust oyi boşidan beri qurğoqçilik kuçaygan. Bu holat noyabrgaça davom etişi taxmin qilinmoqda. Qurğoqçilikni bu yil yozda Yevropada harorat keskin kötarilib ketgani kuçaytirib yuborgan. Natijada yozgi ekinlar zarar körgan.
2022 yilda makkajöxori oldingi beş yildagi örtaça körsatkiçdan 16 foizga past bölişi, soya 15 foizga, kungaboqar hosili foizga kamayişi kutilmoqda.
Ma’lumot uçun, 2022 yil iyun-iyul oylarida Yevropaning bir neçta mamlakatlarida 40+ harorat qayd etilib, “qizil”ogohlantiriş darajasi joriy qilingan edi.












