22-24 iyul kunlari Özbekistondagi harorat iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga yuqori bölişi aytildi. Janubda va çöl zonalarining ba’zi joylarida 47 daraja issiq taxmin qilingan. Bu – Özbekistondagi rekord issiq (49,8 daraja Buxorodagi Oyoqoğitma çöl stansiyasida 1983 yil qayd etilgan) bölmasa-da, yuqori haroratli kunlarning köpaygani xavotirli.

Sönggi 35 yilda Markaziy Osiyodagi harorat
Geophysical Research Letters jurnalida çop etilgan tadqiqotga köra, sönggi 35 yil içida Xitoy, Özbekiston va Qirğizistonning bir qismini öz içiga olgan Markaziy Osiyoda havo harorati sezilarli kötarilgan. Dunyoning boşqa nuqtalaridan farqli ravişda isiş darajasi Markaziy Osiyoda qişda emas, bahorda yuqorilagani qayd etilgan. Şu davrda toğli hududlar issiqroq va namroq bölişi kuzatilgan. Natijada toğlardagi muzliklarni eritadigan jiddiy xavf paydo bölgan.
Markaziy Osiyo aholisining 60 foizdan ortiği quruq iqlim mintaqada yaşaydi. Haroratning kötarilişi tuproqdagi suvning buğlanişini kuçaytiradi va qurğoqçilik xavfini oşiradi. Bu – iqlim muhojirlarini paydo qilmoqda. Jahon bankining 2021 yil sentabr oyida e’lon qilgan hisobotida 2050 yilga borib, Markaziy Osiyoda içki iqlim muhojirlari 5 millionga yaqinlaşişi taxmin qilingan.

Ğarb uçun anomal issiq
Osiyo mintaqasi uçun 40+ daraja yozda kuzatiladigan holat. Biroq Yevropa uçun bunday harorat noodatiy va yaşaş şaroitlarini qiyinlaştirib yuboradi. Masalan, iyulning örtalarida Buyuk Britaniyada harorat qariyb 40 darajani taşkil qilgan. Öta yuqori harorat tufayli tarixda birinçi marta «qizil» ogohlantiriş darajasi















