Unga köra, «Real» va Fransiya milliy jamoasi hujumçisi Karim Benzema Yevropaning 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxşi öyinçisi deb topildi. U ötgan mavsum Madrid klubi bilan La Liga çempioni, UYeFA Çempionlar ligasi ğolibi, Yevropa Superkubogi sohibi hamda YeÇL töpurariga aylangandi.
Fransiyalik 34 yoşli hujumçidan taşqari, «Real» va Belgiya milliy jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua hamda «Mançester Siti» va Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Kevin de Bryuyne ham sovringa da’vogar edi.

«Real» boş murabbiyi Karlo Ançelotti esa mavsumning eng yaxşi murabbiyi deb topildi. Italiyalik mutaxassis bu borada Yurgen Klopp («Liverpul») va Pep Gvardiolani («Mançester Siti») ortda qoldirdi.

Ma’lumot uçun, Ançelotti qöl ostida «Real» ötgan mavsum YeÇL va La Liga ğolibiga aylangan edi.












