2022 yil boşidan buyon dunyo böyiça COVID-19dan vafot etganlar soni bir million nafarga yetdi, deb ma’lum qildi JSST boş direktori Tedros Gebreyyesus.

Uning sözlariga köra, dunyo aholisining uçdan bir qismi haligaça koronavirusga qarşi emlanmagan.

«Bu yil COVID-19dan 1 mln ölim holatlari qayd etildi»,— dedi u.

Gebreyyesusning ma’lum qilişiça, oxirgi 4 haftada ölimlar soni 35 foizga oşgan, bir hafta davomida 15 ming kişi koronavirusdan vafot etgan.

«Dunyo aholisining uçdan bir qismi emlanmagan, jumladan, soğliqni saqlaş xodimlarining uçdan ikki qismi va kam daromadli mamlakatlardagi keksa aholining törtdan uç qismi»,— dedi JSST rahbari.

Ma’lumotlarga köra, dunyo böyiça koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 6 mln 481 ming nafardan oşgan.