Lamborghini tarixi: Traktorsoz usta nega qimmatbaho sport avtomobillari işlab çiqaruvçi kompaniyaga asos solgandi?
|17:53 / 27.08.202243 06515 min
1960-yillar boşida traktor işlab çiqaruvçi italiyalik tadbirkor özi boşqarib yurgan maşinadagi nosozlik haqida aytiş uçun Ferrari kompaniyasiga boradi. U yerda kompaniya egasi unga qöpol muomalada böladi. Bundan jahli çiqqan tadbirkor qimmatbaho sport avtomobillari işlab çiqaruvçi kompaniyani taşkil etadi. U Ferruçço Lamborjini edi.
Ikkinçi jahon uruşi tugagandan keyin 10-15 yil ötib dunyoning aksariyat davlatlari keskin iqtisodiy rivojlana boşlaydi. Odamlarning daromadi va şunga yaraşa turmuş tarzi ham yaxşilanib borar ekan, ularning ehtiyojiga hamohang tarzda köplab yangi texnikalar kaşf etiladi, borlari takomillaştiriladi.
1950-yillarda Yevropada boşqa sohalar kabi avtomobilsozlik sanoati ham tez sur’atlarda rivojlana boşlaydi. Ehtiyojga qarab qimmat sport avtomobillari işlab çiqariş köpayadi. Öşa paytda bir neçta avtomobilsozlik kompaniyalari sportga ixtisoslaşgan maşinalar işlab çiqarar, ularning orasida Italiyada işlab çiqariladigan Ferrari eng maşhuri edi.
Ana şunday şaroitda sport avtomobillari bozorida yangi kompaniya paydo böladi va sport avtomobillari ixlosmandlari uçun maşinalar işlab çiqara boşlaydi. Bu Automobili Lamborghini S.p.A. kompaniyasi edi.
Automobili Lamborghini S.p.A. ning ilk zavodi / Foto: touringsuperleggera.eu
Ferruçço Lamborjini
Italiyalik taniqli tadbirkor Ferruçço Lamborjini 1916 yilda Italiyaning Adriatika dengiziga tutaş Ferrara provinsiyasidagi qişloqlardan birida, fermer oilasida tuğiladi.
Ferruçço bolaligida turli texnikalarga juda qiziqqani uçun otasi unga ferma hududida kiçik ustaxona oçib beradi. Kunlardan bir kun u ustaxonani yoqib yuborişiga sal qoladi. Şundan söng ustaxona vaqtinçalik yopiladi.
Ikkinçi jahon uruşi davrida Ferruçço harbiy texnikalar işlab çiqaradigan zavodlardan birida işlaydi. Uruşdan söng u qişloğiga qaytib keladi va qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqariş maqsadida Lamborghini Trattori S.p.A. kompaniyasini taşkil etadi.
1949 yilda kompaniya özining ilk traktorini işlab çiqara boşlaydi. Kompaniyada sanoqli xodim işlar va Lamborjinining özi boş usta sifatida traktorlarni yiğişda iştirok etardi.
Ferruçço Lamborjini / Foto: alamy.com
Öşa paytda uruşda mağlub bölgan Italiya iqtisodiyoti endi tiklanayotgan va mamlakat qişloq xöjaligini rivojlantiriş uçun köplab traktorlar kerak edi. Ana şunday vaziyatdan Lamborjini foydalanib qoladi va kompaniyasini ança rivojlantirib oladi. Lamborghini Trattori S.p.A. kompaniyasi kengayib, uning aylanma mablaği ortadi.
Mavzuga oid
Lamborghini avtomobillarining işlab çiqariliş tarixi
1950-yillarning oxiriga kelib Ferruçço Lamborjini bir neçta kompaniya egasiga aylanib ulgurgan, asosiy sohasi hanuz traktor işlab çiqariş edi. Öşa paytda uning garajida boşqa boylarda bölgani kabi bir neçta qimmatbaho avtomobillar bor edi.
U Mercedes 300SL, Maserati 3500 GT, Jaguar E-type va Ferrari 250 GT maşinalarini minar va ularning orasida eng sevimlisi Ferrari 250 GT edi. U şu avtomobili tufayli Ferrari kompaniyasi Enso Ferrari uning nafsoniyatiga tegadigan gaplar gapiradi.
Ferrarining haqoratomuz gaplariga çiday olmagan Ferruçço unga özining kim ekanligini körsatib qöymoqçi böladi va qimmatbaho sport avtomobillari işlab çiqaradigan zavod oçişga qaror qiladi.
Ferruçço Lamborjining öğli keyinçalik Enso Ferrari nega otasining nafsoniyatiga tekkanini hikoya qilib bergan.
Unga köra, kunlardan bir kun Ferruçço özi minib yurgan Ferrari 250 GT’ning biriktiruv pedalida kiçik nosoz borligini sezib qoladi. Suriştirib körganida şu rusumdagi boşqa avtomobillarda ham şunday nosozlik borligi ma’lum böladi. Ferrari 250 GT zavoddan kiçik nosozlik bilan işlab çiqarilgan.
Şundan söng u Ferrari rahbari Enso Ferrari bilan uçraşib özi aniqlagan nosozlik haqida xabar bermoqçi böladi.
Ferruçço Ensoning oldiga borib Ferrari 250 GT avtomobili zavoddan biriktiruv pedalidagi nosozlik bilan çiqarilayotgani haqida aytadi. Garçi Ferruçço döstona ohangda gapirgan bölsa ham, uning gaplari Enso Ferrariga yoqmaydi.
Ferruçço Lamborjinining traktor işlab çiqaruvçi kompaniya egasi ekanini bilgan Enso Ferrari unga qöpol muomalada böladi.
U Ferruççoga sport avtomobillari sohasida heç narsani bilmasligini, borib «traktorlari bilan öralaşişini va tuşunmagan narsasiga tumşuğini tiqmasligini» aytadi.
Ferrarining qöpol muomalasidan qattiq xafa bölgan Ferruçço öşa kunning özidayoq Ferrari 250 GT’ni traktor işlab çiqarilayotgan korxonaga olib boradi. Zavod xodimlari uni qismlarga ajratişadi. Şunda Ferrari 250 GT va Lamborghini traktorlarining ehtiyot qismlari qariyb bir xil ekani, faqat ölçamlari farq qilişi ma’lum böladi.
Korxona işçilari Ferruççoning köz öngida Ferrari 250 GT qayta yiğişadi va uning nosoz joyini osongina töğrilab berişadi.
Şundan söng u avtokorxona oçişga qaror qiladi va yangi rusumdagi qimmatbaho sport avtomobili loyihasi ustida işlay boşlaydi. Maqsadi, Ferrari 250 GT’dan ham zör bölgan sport avtomobillarini işlab çiqariş edi.
Ferruçço Lamborjini / Foto: zoomit.ir
Avtomobilsozlik kompaniyasining taşkil etilişi
1963 yilda Ferruçço Lamborjini Automobili Lamborghini S.p.A. kompaniyasini taşkil etadi. Yangi avtomobillarga dvigatel işlab çiqariş uçun u Ferrari kompaniyasiga bir neçta dvigatel loyihasini tayyorlab bergan iste’dodli muhandis, Bizzarrini S.p.A kompaniyasining egasi Jotto Bitssarinini taklif etadi.
1963 yil oktyabr oyida Automobili Lamborghini S.p.A. özining ilk avtomobili Lamborghini 350 GTV’ni Turindagi avtoşouda namoyiş etadi. Bu avtomobil yagona nusxada bölib, keyinçalik u Lamborghini 350 GT avtomobillarini işlab çiqariş uçun asos böladi.
Lamborghini 350 GT / Foto: granturismoevens.com
Oradan bir yil ötib, kompaniya Lamborghini 350 GT avtomobillarini seriyali tarzda işlab çiqara boşlaydi.
Ferruçço ilk avtomobiliga qanday logotip tanlaşni öylab ötirganida unga sevimli sigiri tuqqanini va bolasi buqaça ekanini xabar berişadi. Şundan söng u özi işlab çiqarayotgan avtomobillarga logotip sifatida hujum qilayotgan buqa tasvirini tanlaydi.
1965 yilda Turinda ötkazilgan avtoşouda kompaniya özining yangi modeli - Lamborghini Miura’ni ommaga taqdim etadi. 1966 yilda Jyenevada ötkazilgan avtomobillar körgazmasida uning işçi nusxasi taqdim etiladi.
Lamborghini Miura / Foto: autoblog.com
1967 yilda kompaniya Lamborghini Miura’dan 111 dona sotişga muvaffaq böladi. Şundan söng dunyo böylab qimmatbaho sport avtomobillari ixlosmandlari orasida Automobili Lamborghini S.p.A. maşinalari maşhur böla boşlaydi.
1966 yilda Lamborghini 400 GT avtomobili işlab çiqarila boşlanadi va u ham muvaffaqiyatli sotiladi.
1971 yilda kompaniya özining eng muvaffaqiyatli modellaridan biri bölgan Lamborghini Countach’ni yasab çiqadi. Uni seriyali işlab çiqariş 1974 yildan boşlanadi.
Lamborghini Countach 1974 yil / Foto: shutterstock.com
Lamborghini Countach dunyodagi eşiklari vertikal tarzda oçiladigan ilk avtomobil edi. U ana şu xususiyati bilan ham köpçilikning e’tiborini tortadi va uzoq yillar davomida muvaffaqiyatli sotiladi.
Ferruççoning bankrot bölişi va kompaniyalarning sotilişi
1972 yilda Ferruçço Lamborjiniga bankrotlik xavf sola boşlaydi. Öşa yili Janubiy Amerikadagi bir neçta davlat Lamborghini Trattori S.p.A. bilan traktorlar yetkazib beriş böyiça tuzilgan şartnomalarni bekor qiladi. Işlab çiqarilgan traktorlar sotilmay qolib ketadi
Oqibatda, Lamborjini bankrot bölmaslik uçun Lamborghini Trattori S.p.A. kompaniyasidagi aksiyalarining bir qismini Fiat kompaniyasiga sotadi.
Keyinçalik, Ferruçço Lamborghini Trattori S.p.A.ning egaligini Same Deutz-Fahr Group kompaniyasiga sotişga majbur böladi. Kompaniya bir neça marta qöldan-qölga ötsa-da, Lamborghini traktorlari hanuzgaça işlab çiqarilmoqda.
Öşanda muvaffaqiyat bilan sotilayotgan Lamborghini Countach Ferruçço Lamborjinini bir muddat butunlay bankrot bölişdan saqlab qoladi. Ammo keyinçalik Ferruççoga baribir bankrotlik xavf sola boşlaydi.
1972 yilda Lamborjini Automobili Lamborghini S.p.A.ning 51 foiz aksiyalarlarini şveysariyalik investor Jorju-Anri Rosettiga, 1974 yilda qolgan 49 foiz aksiyalarni uning şerigi Rene Leymeruga sotib yuboradi.
1993 yilda Ferruçço Lamborjini 76 yoşida vafot etadi. Bu paytda uning ixtiyorida na sport avtomobillari, na traktor işlab çiqariş korxonalari egaligi yöq edi.
Lamborjini Ferruççodan keyin
Lamborjini kompaniyani sotib yuborgandan keyin oradan köp ötmay jahon bozorida qimmatbaho sport avtomobillariga bölgan talab keskin tuşib ketadi. Oqibatda, 1978 yilda Automobili Lamborghini S.p.A. bankrot deb e’lon qilinadi.
Sud kompaniyani sotiş haqida qaror çiqaradi. Uni şveysariyalik aka-uka Mimramlar sotib olişadi.
Oradan biroz ötib ular Automobili Lamborghini S.p.A.ni Chrysler korporatsiyasiga sotişadi. Şu tariqa kompaniya AQŞliklar ixtiyoriga ötadi. Öşa paytda Lamborghini Diablo modelini işlab çiqariş işlari ketayotgandi.
Lamborghini Diablo, 1978 yil / Foto: styleofeye.com
Lamborghini Diablo qimmatbaho sport avtomobillari ixlosmandlari orasida tez ommalaşadi va kompaniyani jahon darajasiga olib çiqadi.
1994 yilda Automobili Lamborghini S.p.A.ni M’tec (Megatech) investitsiya guruhi sotib oladi. Oradan 4 yil ötib ular kompaniyani Germaniyaning Audi AG kompaniyasiga sotişadi. Öşandan buyon Automobili Lamborghini S.p.A.ga nemislar egalik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda Audi AG nemislarning Volkswagen Group koorporatsiyasi tarkibiga kiradi. Volkswagen Group koorporatsiyasi Automobili Lamborghini S.p.A.dan taşqari, Bugatti Automobiles S.A.S., Ducati Motor Holding S.p.A., Bentley Motors Ltd. kabi qimmatbaho avtomobillar işlab çiqaruvçi kompaniyalarga egalik qiladi.
Automobili Lamborghini S.p.A. Audi AG qöl ostiga ötgaç nemislar Lamborghini Murciélago modelini işlab çiqara boşlaşadi. Bu model ham haşamatli avtomobil ixlosmandlarining sevimli maşinalaridan biriga aylanadi.
Lamborghini Murciélago, 1995 yil / Foto: CARS.UA
Keyinçalik, kompaniya öndan ortiq yangi modeldagi avtomobillar işlab çiqargan. Ular orasida Lamborghini Gallardo, Lamborghini Aventador, Lamborghini Urus kabilar juda ommalaşgan va har biridan 5 mingtadan, 15 mingtagaça sotilgan.
2017 yilda kompaniya yöltanlamas Lamborghini Urus’ni 200 ming dollardan sotuvga çiqargan va undan 15 ming dona sotilgan.
Narxlar, boylar va haşamat
Ferruçço Lamborjini boşidan qimmat sport avtomobillari ixlosmandlari uçun maşinalar işlab çiqarişni rejalaştiradi. Ammo 1960 yillarda hali odamlarning çöntagi öta qimmat maşinalarni kötarmasdi.
Ikkinçi tomondan maşinalarga arzonroq narx belgilansa ular boylarning e’tiborini tortmasdi. Şu sababli Ferruçço maşinalarga juda baland narx belgilamaydi.
Masalan, ilk işlab çiqarilgan Lamborghini 350 GT avtomobillari 18-20 ming dollar atrofida sotilgan. Bu pulga öşa paytda oddiy avtomobillardan 10 ta oliş mumkin bölgan.
Lamborghini 400 GT / Foto: mecum.com
1966 yilda işlab çiqarilgan Lamborghini 400 GT’ning narxi 15 ming dollar, 1967 yilda savdoga çiqarilgan Lamborghini Miura’ning narxi 20 ming dollardan boşlangan.
1971 yilda Lamborghini Miura’ning yangilangan modeli işlab çiqariladi va 21 ming dollardan sotiladi.
Lamborghini Miura’ning yangilangan modeli, 1971 yil / Foto: krone.at
1974 yilda kompaniya Lamborghini Countach rusumli avtomobillarini işlab çiqara boşlaydi va ularning boşlanğiç narxi 50 ming dollardan boşlanadi. 1982 yilda işlab çiqarila boşlangan Lamborghini Jalpa 54 ming dollar narxlangan.
1990-yillar boşida kompaniya yanada haşamatli avtomobillar işlab çiqarişni boşlaydi. Öşa yili Lamborghini Diablo superkari işlab çiqariladi va uning narxi 200 ming dollardan boşlangan.
Lamborghini Diablo, 1980 yil / Foto: digitaltrends.com
1995 yilda Lamborghini Diablöning yangilangan modeli işlab çiqariladi va unga 230 ming dollar narx qöyiladi. Oradan birmunça vaqt ötib uşbu model yana yangilanadi va Lamborghini Diablo GTR deb nomalangan rusum 300 ming dollardan sotila boşlanadi.
Kompaniya Audi AG ixtiyoriga ötgaç 2001 yilda kompaniya Lamborghini Murciélago superkarini işlab çiqaradi. Uning narxi 275 ming dollardan boşlangan. Keyinçalik, 2009 yilda uning yangilangan modeliga 500 ming dollardan buyurtmalar olinadi.
Lamborghini Murciélago, 2002 yil / Foto: youngheaven.us
2003 yildan işlab çiqarilgan Lamborghini Gallardo 200 ming dollardan boşlangan. Uşbu maşina kompaniya tarixida eng köp sotilgan maşinalardan biri hisoblanadi.
2011 yilda Lamborghini Aventador superkariga 400 ming dollar narx qöyiladi. Bu maşina hanuzgaça işlab çiqarilmoqda. 2016 yilda işlab çiqarilgan Lamborghini Centenario’ning narxi 500 ming dollar bölgan.
Lamborghini Centenario / Foto: shutterstock.com
Kompaniya ayrim maşinalarni seriyali işlab çiqarmay, faqat maxsus buyurtma bilan ham işlab çiqaradi. Şuningdek, boylarning xohişiga qarab avtomobillarning kuzovi tilla suvi yuritilgan holda, salon qismi ham turli qimmatbaho toşlar bilan bezatib beriladi. Bundan avtomobillar odatda bir neça million dollarga baholanadi.
2012 yil Lamborghini Sesto Elemento superkaridan bor-yöği 20 dona çiqarilgan. Uning narxi 2,8 million dollardan boşlanadi.
2013 yilda işlab çiqarilgan Lamborghini Venenödan bor-yöği 16 dona işlab çiqarilgan va ular 4 million dollardan 8 million dollargaça baholangan.
Bahosi oşgan eski avtomobillar
Bugun tarixiy avtomobillar ixlosmandlari orasida ötgan asrda işlab çiqarilgan Lamborghini maşinalari juda maşhur va ular ança qimmat narxlanadi.
Masalan, 2015 yilda ötkazilgan kimoşdi savdolarida 1964 yilda işlab çiqarilgan ikki örindiqli Lamborghini 350 GT qariyb 1 million dollarga sotilgan.
2018 yilda 1967 yilda yagona nusxada işlab çiqarilgan Lamborghini Marzal 1,8 million dollarga sotilgan.
Lamborghini Marzal, 1967 yil / Foto: Motor1.com
Eng qimmat Lamborghini avtomobillari önligi:
Lamborghini Countach LP400 (1974 yilda işlab çiqarilgan) – 1,72 million yevro
Lamborghini Reventon Roadster (2010 yilda işlab çiqarilgan) – 1,85 million yevro
Lamborghini Sesto Elemento (2010 yilda işlab çiqarilgan) – 2,19 million yevro
Lamborghini Miura SV (1972 yilda işlab çiqarilgan) – 2,38 million yevro
Lamborghini Centenario Roadster (2016 yilda işlab çiqarilgan) – 2,44 million yevro
Lamborghini Sian FKP 37 (2020 yilda işlab çiqarilgan) – 2,44 million yevro
Lamborghini Aventador J (2012 yilda işlab çiqarilgan) – 2,68 million yevro
Lamborghini Veneno (2013 yilda işlab çiqarilgan) – 3,66 million yevro
Lamborghini SC18 Alston (2018 yilda işlab çiqarilgan) – 6,4 million yevro
Lamborghini Veneno Roadster (2014 işlab çiqarilgan) – 7,63 million yevro
Lamborghini Veneno Roadster, 2014 yil / Foto: autoforum.cz
Oxirgi yillarda kompaniya elektromobillar işlab çiqarişga ham e’tibor qaratmoqda. 2022 yilda Lamborghini Countach LPI 800-4 deb nomlangan giperkar namoyiş etildi. U gibrid dvigatel bilan jihozlangan bölib, narxi narxi 2 million dollardan boşlanadi.