TRT telekanaliga köra, Erdöğan avgust oyi boşida Soçidagi uçraşuvda Vladimir Putinga Samarqandda ötadigan sammitda iştirok etişini ma’lum qilgan.

Toşkentda ötkazilgan brifingda ŞHT böyiça Özbekistonning milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov Erdöğanning Samarqanddagi sammitga kelişi kutilayotganini tasdiqladi. Şuningdek, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov ham kelişi kutilayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Eron naşri Suriya prezidenti Başar Asad ham Samarqandda ötadigan sammitga kelib Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan bilan uçraşi haqida xabar bergan, Nurimbetov esa bu ma’lumotni tasdiqlamagan edi.

Ma’lumot uçun, 2001 yilda taşkil etilgan ŞHTga Özbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va Rossiya a’zo hisoblanadi. Afğoniston, Eron, Möğuliston va Belarus kuzatuvçi maqomida.