Suriya prezidenti Başar Asadning Şanhay hamkorlik taşkilotining Samarqand sammitida iştirok etişi masalasi kötarilmagan va muhokama qilinmagan.
Bu haqda RIA «Novosti» Özbekistonning Şanhay hamkorlik taşkilotidagi işlari böyiça milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetovga tayangan holda xabar berdi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Suriya yetakçisi Başar Asad Samarqandda ikki tomonlama uçraşuv ötkazişi mumkinligi, ikki davlat rahbarlari 2011 yildan beri gaplaşmayotgani ma’lum qilingandi.
Eronning Tasnim agentligi ma’lumotiga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rajab Toyyib Erdöğanni sentabr oyida Samarqandda bölib ötadigan Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitiga taklif qilgan.
Matbuot xabarlariga köra, Turkiyaning «Vatan» partiyasi rahbari Döğu Perinçek yaqin orada delegatsiya tarkibida Suriyaga jönab ketadi va u yerda Başar Asad bilan uçraşib, muzokaralar ötkazadi.
Tasnim xabariga köra, agar bu uçraşuv «ijobiy» bölsa, Turkiya va Suriya prezidentlari ŞHTning bölajak yiğilişi doirasida uçraşişi mumkin.
Turkiyaning Turkiye gazetasi avgust oyi boşida Rajab Toyyib Erdöğan va Başar Asad telefon orqali muloqot qilişi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Ikki davlat rahbarlari 2011 yildan beri gaplaşmayapti.
Turkiya Taşqi işlar vazirligi bölajak muzokaralar haqidagi ma’lumotni rad etdi. Diplomatik idora rahbari Mavlud Çavuşöğli Suriya bilan töğridan töğri aloqalar haqida hozir «gap-söz ham bölişi mumkin emas» dedi.













