Iqtisodçi Otabek Bakirov monopol kompaniya Spark'ni qimmatroq sotiş uçun yaşirib “tuzlagan” bölişi mumkinligini aytmoqda. U Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasini holat yuzasidan tekşiruv ötkazişga çaqirgan.
23 avgust kuni internetda Angren şahridagi yuk terminalida yuzlab Spark avtomobillari turgani aks etgan surat tarqalgan edi. Kompaniya bu boradagi izohida bu maşinalar “allaqaçon mijozlar tomonidan şartnoma tuzilgan va keyinçalik mijozga yetkazib beriş uçun Angren şahriga yetkazilgan” avtomobillar ekanini ta’kidladi.
Otabek Bakirovning fikriça, bu bayonot yolğon. Çunki 20 avgust tong saxar holatiga Spark avtomobili böyiça kontraktatsiya yöqligi uçun 50 foiz pulini oldindan tölab qöyganlar va avtomaşina böyiça navbatda turganlar ham bölmagan. UzAuto Motors şu kundan boşlab Spark va Nexia sotuvini tiklagan edi.
Iqtisodçining sözlariga köra, monopolist “sun’iy defitsit yaratiş va keyin narxlarni oşiriş usulidan birinçi marta foydalanmayapti”. Xususan, 2016 yilgaça bölgan davrda ham şunday holatlar röy bergan.
“Esingizda bölsa, şu yil qişda yöq bölib qolgan Nexia-3 narxlar oşirilgandan keyin mart oyi örtalaridan birdan salonlarda paydo bölib qoldi”, – deya yozdi Bakirov.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda Spark va Nexia-3 işlab çiqariş şu yil oxirida töxtatiladi. Kompaniya öz ixtiyorida qolgan butlovçi qismlardan foydalangan holda, bu modellarning turli konfiguratsiyalardagi sönggi partiyalarini çeklangan miqdorda işlab çiqarişini bildirgan.
Şuningdek, eksport uçun möljallab çiqarilgan maşinalarning bir qismi içki bozorga yönaltirilişi aytildi va avtomobillar narxi bir neça million sömga oşirildi.











