Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada «Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Toshkent viloyati va poytaxtdagi yangi majmualar bilan tanishdi.
Ulardan biri - Zangiota tumanida qurilgan “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi.
“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida O‘zbekistonda ilk bor katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi barpo etildi. Davlat rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Markazda Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda 20 peta bayt xotiraga ega tizim tashkil etilgan. 580 ta server, umumiy elektr quvvati 5 megavattli dizel generatorlar tizim uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Binoni sovitish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash tarmoqlari barcha talablarga javob beradi. Ma’lumotlar markazi xalqaro Uptime instituti tomonidan beriladigan TIER III sertifikatiga ega.
- Bu markaz raqamlashtirishning “yuragi”, “Elektron hukumat”ning zamini, - dedi prezident.
Bildirilishicha, markaz ishga tushishi natijasida davlat idoralarining ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlashga sarflaydigan xarajatlari tejaladi, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, kiberhujumlardan ishonchli himoya ta’minlanadi.
Mavzuga oid
17:51 / 04.07.2026
Baliqchilikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
20:51 / 25.01.2026
Zangiotada nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rildi
18:07 / 17.12.2025