APLda öyinlar kunini «MYu» oçib berdi va jamoaning yulduzli xaridi Kazemiro, sardor Maguayr hamda «Napoli» yoki «Sporting»ga ötişi aytilayotgan Kriştianu Ronaldu öyinni zaxira örindiğida boşladi. Boş murabbiy Erik ten Hag bu taktik qaror ekanini aytdi va bu qaror özini oqladi deyiş ham mumkin, debyutdayoq «Sauthempton» darvozaboni va himoyaçilari uçta aniq zarba yölini tösişdi.
Bu epizodlar birinçi bölimning eng yorqin lahzalari bölib qoldi, ammo şunda ham ijobiylik topiş mumkin. Gap şundaki, «qizil iblislar» fevral oyidan buyon ilk bor safar öyinida tanaffusgaça darvoza daxlsizligini saqlay olişdi. Yarim yil oldin ular Lidsdagi öyinda safar öyinlaridagi ğalabali seriyani davom ettirişgandi.
Öyinning ikkinçi bölimida Brunu Fernandeş hisobni oçdi va golni maydon taşqarisidagi Ronalduning oldiga çopib borib nişonladi. Krişning özi maydonga faqat 68-daqiqada çiqdi. Kazemironing premerasi esa 80-daqiqaga töğri keldi, asosiysi esa «MYu» qatorasiga ikkinçi öyinda ğolib böldi.
«Liverpul» nihoyat ilk ğalabasiga erişdi, qizillar autsayder «Bornmut»ni yenga olmaganida ham ğalati bölgan bölardi, bu jamoa startda ğalaba qozongan bölsa-da, «Man Siti» va «Arsenal»ga qarşi keyingi ikki öyinda jami 0:7 hisobida yutqazgandi. «Enfild»da mehmonlarning dahşatli tuşi davom etdi, ötgan mavsumda jami törtta assist muallifi bölgan Roberto Firmino bu öyinning ilk daqiqalaridayoq Elliotga APLda gollari sonini oçişga yordam berdi, 28-daqiqaga kelib assistlar böyiça het-trik qayd etdi, köp ötmay özi ham darvozani işğol etdi.
Mavzuga oid
Van Deyk birinçi bölimni beşinçi gol urilişi bilan yakunlab berdi, qizillar bungaça bir bölimda bunday farq bilan ustun kelişmagandi, endi Liverpuldagi öyinni şunçaki oxirigaça yetkazib qöyiş qolgandi. Ammo Yurgen Klopp jamoasi qon isini oldi va «Bornmut»ni 9:0 hisobida yakson etdi. Qizillarda bunday hisobdag ğalaba 1989 yil sentabridan buyon kuzatilmagandi. Klopp uçun bu personal rekord, Firmino esa «Liverpul» uçun gollari sonini 100 taga yetkazib qöydi.
Bu vaqtda Mançesterda şov-şuvli sensatsiya röy berayotgandi, «Siti» tanaffusga qadar «Kristal Pelas»dan 2 ta javobsiz gol qabul qilib oldi. Ammo yakunda londonliklar ustozi Patrik Viyeyra baribir sobiq jamoasini ranjita olmadi, öyindagi buriliş esa Bernardu Silva ijrosidagi solo bilan boşlandi, unga töp himoyaçiga tegib, rikoşet bölib darvozaga borgani ham yordam berdi. Şundan keyin Holandning soati boşlandi. Norvegiyalikning birinçi goli mehmonlarning kayfiyatini tuşirib yubordi, keyin ular şunçaki raqibning taktika özgartirişlari qarşisida doğda qoldi.
Xosep Gvardiola hujumdagi futbolçilar sonini oşirdi, Alvares qanotda ham, markazda ham oçila boşladi, Kevin de Bryuyne özining asosiy vazifasi tayanç zonasini yopişdan taşqari, öng qanotdan hujumlarga ötdi. Bunday şaroitda Holand osonlik bilan töpni darvozaning böş burçagiga yöllab, jamoasini oldinga olib çiqdi. Het-trikdan keyin esa Gvardiola kun qahramonini maydondan olib, unga tribunada olqişlar yoğdirilişiga şaroit yaratib berdi. Holand APLning tört turida olti gol urib, «Siti» tarixidagi eng yaxşi mergan Serxio Aguero yölidan ketmoqda.
«Çelsi» Lidsdagi 0:3 hisobidan keyin öziga kela boşladi, lekin bu safar ham köklar jamoasiga oson bölgani yöq. Birinçi bölim örtalaridayoq Gallaher ikkinçi sariq kartoçkani olib, jamoani qiyin ahvolga solib qöydi. Bu mavsumdagi barça öyinlarda körsatilgan uçta qizil kartoçkadan ikkitasi londonliklarga töğri kelmoqda, bir hafta oldingi öyinda Kulibali öyinni oxirigaça yetkazib qöya olmagandi. Qolaversa, jamoa boş murabbiyi Tomas Tuxel ham Antonio Konte bilan mojaro vaqtida qizil olgan. Ammo öşa öyinlarda «Çelsi» oçko yöqotgandi, bu öyinda esa Sterlingning darajasi ğalabani ta’minladi. Forvard darvoza sari ikki zarba yölladi va ikki gol muallifiga aylandi.
Bunday realizatsiya «Arsenal» futbolçilarida bölganida bormi! «Kanonirlar» «Fulhem» darvozasi atrofidan ketişmadi, ammo gol bölavermadi. Mehmonlar esa öz imkoniyatini kutişdi. Aniqroği jamoaning eng yaxşi hujumçisi Mitroviç töpni Gabriel Magalyanesdan tortib oldi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib, hisobni oçdi. Ammo Edegor tezda muvozanatni tikladi, öyin oxirida esa Gabriel burçak zarbasidan keyin ğalaba golini urib, xatosini yuvdi. Mikel Arteta jamoasi tört öyinda tört ğalaba bilan turnir jadvalida yakkapeşqadamlikni davom ettirmoqda.
Dibalaning Turinga qaytişi avvaliga argentinalikka yoqimsiz hissiyotlar taqdim etdi, «Yuventus» safida esa Vlahoviç standart vaziyatdan ajoyib gol ura olişini körsatdi. Serbiyalik hujumçining zarbasi rikoşet bilan darvoza tösini ostiga bordi, keyin u ikkinçi bor gol urilişida iştirok etdi, ammo bu safar töp uning qöliga tekkani ma’lum böldi va videotakrordan keyin Lokatellining goli bekor qilindi.
«Roma» birinçi bölimda umidsiz holatda edi, ammo Joze Mourino tanaffusda öyinni özgartiradigan özgarişlar qildi. Portugaliyalik mutaxassis ikki futbolçini almaştirdi, taktikaga tuzatişlar kiritdi va öyin kartinasi özgara boşladi. Dibala esa baribir özi haqida eslatib qöydi. Burçak zarbasi amalga oşirilganida u töpni töxtatmay yerga sapçitib zarba berdi, ammo bu darvozaga emas, havoda töp uçun kuraşgan Abrahamning boşiga bordi. Dibalaning özi gol muallifi böla olmadi, ammo bu harakati jamoani mağlubiyatdan qutqarib qoldi.
«Milan» çempionlik mavsumidan keyin öziga işonç bilan öynamoqda. «Rossoneri» raqibni xato qilişga majburlab, natijaga erişişning hadisini olgan. Şanba kuni boşlanğiç tarkibda debyut qilgan De Ketelare ham bu işni uddaladi. Belgiyalik futbolçi maydon markazida töpni egallab oldi va uni jarima maydoniga qadar olib bordi, u yerda esa töpni qabul qilgan Rafael Leau avval raqib darvozabonini gazonga qulatib, keyin yaqin burçakni aniq nişonga oldi.
Ikkinçi gol — Jiruga xos akrobatik zarba bilan amalga oşdi — bu ham «Bolonya» himoyaçilarining qöpol xatosi natijasi böldi. Va bu holatlar ötgan çempionatni yodga solmoqda. Boşqa favoritlar yöqotişlar qilar ekan («Inter» juma kuni «Latsio»ga yutqazgandi), «Milan» barqaror va işonç bilan öynamoqda va turnir jadvalini boşqarmoqda, garçi qöşimça körsatkiçlar evaziga bölsa-da. «Napoli» ham oçko yöqotmasdan kelmoqda.
Germaniya: «Bavariya» oçko yöqotdi
Startni muvaffaqiyatsiz boşlagan uç jamoadan («Ayntraxt», «Leypsig» va «Bayyer») ikkisi ilk ğalabalariga erişib, vaziyatini öngladi. Doimiy ravişda YeÇL hududida böladigan «Bayyer» bungaça qatorasiga uç öyinda mağlub bölgandi. Ammo Maynsda Ozmunni zaxirada qoldirgan leverkuzenliklar raqibni tanaffusga qadar tor-mor etişdi, uçta goldan ikkitasi qanot himoyaçisi Frimpong nomiga yozildi. U — kutilmagan qahramon böldi, «Leypsig»da esa yana Nkunku birinçi planda.
Birinçi gol urilişida fransuz futbolçisiga VAR yordamga keldi, çunki arbitr «Volfsburg» futbolçisi tomonidan qöl bilan öynalganini körmay qolgandi. Domeniko Tedesko nihoyat mavsumdagi ilk ğalabasini nişonladi. «Borussiya» esa «Herta»ni kiçik hisobda mağlub etdi, ammo darvozabon mahorati bölmaganida dortmundliklar yirik hisobda ğalaba qozongan bölişardi. U faqat Modestaning boş bilan yöllagan zarbasi qarşisida ojiz qoldi, ammo berlinliklarni öyin oxirida Rixterning uzoq masofadan yöllagan zarbasi qutqarişi mumkin edi. Ammo darvozabon Kobel mehmonlarni qutqardi, u darvoza tösini ostidan kirayotgan töpni qaytarib yubordi.
Ötgan mavsumda «Borussiya» M «Bavariya» uçun dahşatli tuşga aylangandi, jamoa bundesliga öyinlarida myunxenliklardan tört oçko olgan va çempionni Germaniya Kubogida yakson etgandi (6:0). Ötgan turda «Bohum»ni yançib taşlagan (7:0) Yulian Nagelsmann jamoasi gladbahliklarni qörqitişi mumkin edi. Ammo mehmonlar çempionlarning birinçi bölimdagi hujumlariga turib berişdi va bölim oxirida Tyuramning goli evaziga ustun holda tanaffusga çiqib ketişdi. Ikki goli ofsayd tufayli bekor qilingan Manedan farqli ölaroq, fransuz hujumçisi barçasini qoida böyiça qildi, u maydonning öz jamoasi tomonidayoq Upamekanodan qoçib ketib hisobni oçdi.
Mehmonlar darvozaboni Zommer fantastik öyin ötkazib, 19 seyv bilan bundesliga rekordini örnatdi. Şveytsariyalik posbonni faqat Sane alday oldi, u zaxiradan öyinga qöşilgan Musialaning uzatmasini şunçaki yöqqa çiqara olmasdi. Yakunda ikki jamoa ham mağlubiyatsiz davom etadigan böldi, ammo bu natija köproq «Bavariya» uçun qadrli böldi, jamoa hamon peşqadamlikni saqlab qolmoqda.
Kun statistikasi
«Sassuolo» hujumçisi Pinamonte A Seriyada beş jamoa safida gol urgan 1999 yilda tuğilgan 1-çi futbolçi böldi. U avvalroq «Frozinone», «Inter», «Jyenoa» va «Empoli» uçun ham gol urgandi.
«Union» öz tarixida 1-marta bundesliga öyinida olti gol urdi.
5 iz 19 penalti otrazil naçinaya s pozaproşlogo sezona golkiper
«Elçe» darvozaboni Badia sönggi ikki mavsumda öz darvozasiga belgilangan 19 penaltidan 5 tasini qaytardi. La ligada bunday muddat içida şunça seyvni avval faqat «Osasuna» vakili Serxio Errera amalga oşirgandi, uning darvozasiga bunday muddatda 14 bor penalti qöyilgan.
«Bavariya» hujumçisi Manening 5 ta goli VAR aralaşuvidan keyin bekor qilindi.
2020/21 yillar mavsumidan buyon «Real Sosedad» 16 marta 1:0 hisobidagi ğalabani qayd etdi. Basklar top-5 çempionatlarda bu borada faqat «Sevilya»dan ortda (18).