Qozoğiston harbiy mahsulotlar eksportini 2023 yil sentabrga qadar töxtatdi. Bu haqda mamlakat hukumati Telegram-kanalida xabar qilindi.
Xabarda aytilişiça, Qozoğiston boş vaziri Alixan Smailov raisligida mudofaa sanoati masalalari böyiça komissiya yiğilişi bölib ötdi.
Komissiya qatnaşçilari 2023 yilning avgusti oxiriga qadar qurol-yaroğ, harbiy texnika va mahsulotlarini eksport qilişni töxtatib turiş taklifini muhokama qildi. Taklif sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş vazirligi tomonidan kiritilgandi.
«Uşbu taklif komissiya a’zolari tomonidan qöllab-quvvatlandi»,— deyiladi Qozoğiston hukumati xabarida.












