“Qizimning ölimida uçastkavoyning ham aybi bor”
Ma’lum bölişiça, marhuma ayol 3 oydan beri oilaviy kelişmovçiliklar tufayli 2 farzandi bilan ota uyida yaşayotgan bölgan. Oilaviy tibbiyot muassasasida hamşira bölib işlab kelgan. 24 avgust kuni turmuş örtoği bilan köçada yuz bergan tortişuv uning boğçada kaltaklanişi bilan tugaydi.
Voqeadan xabar topgan otasi mahalla raisi guvohligida uçastka inspektoriga çora körişni sörab murojaat qilgan. Ammo inspektor ayoldan ariza yozdirib olgaç, albatta aybdorga çora körişni, u bir neça sutkaga qamalişini aytgan va öz şaxsiy işi bilan ketgança işni şundayligiça qoldirgan.
Ertasiga tunda esa marhuma ota uyida biri 4, biri 2 yoşda bölgan bolalari bilan uxlab yotganda turmuş örtoği tomonidan piçoqlangan. Voqea uning farzandlari köz öngida sodir bölgani aytilmoqda.
“Qizim kaltaklangaç, uçastka inspektorining idorasiga bordim, 3 soat kutib 2 marta qönğiroq qilganimdan keyin Doston degan inspektor yetib keldi. Keldi-da, kuyovimni hozir olib borib qamaşini, öziga kelgandan keyin 15 sutkaga jazoga tortilişini aytdi. Lekin taşqariga çiqib, mahalla raisi Farruxga daladagi işi zarurligini, “razvod”ga borişi kerakligini aytib, ketib qoldi.
Men undan ekspertizaga olib borib, tekşiruvlardan ötkazişni iltimos qildim, lekin u kuyovim qamalişi uçun şu hujjatlar ham yetarli ekanini aytdi. Ertasi kuni tuman içki işlar bölimiga borişimni aytdi. Men esa bugunning özida hal qilişimizni, aybdorni uşlaş kerakligini söradim. Agar bunaqa böladigan bölsa, formasini yeçib qöyib, dehqonçiligini qilsin! Yo dalada işlasin, yo davlatning işini.
Qizimning ölimida uçastka inspektorining ham aybi katta. Javob berişi kerak mas’uliyatsizligi uçun. Gulday qizimdan ayrildim, yolğiz qizim edi”, – deydi marhumaning otasi sözlari söngida köziga yoş olib.

Darhaqiqat, öşa kuni aybdor uşlanganda qizi fojiali tarzda öldirilmas edi. Lekin inspektorning “zarur” işlari sabab zöravon ozodlikda qolgan.
Yopiq eşiklar, ketma-ket ötkazilayotgan majlislar

















