«Kontrakt» uchun to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda olish yo‘lga qo‘yildi
Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yili birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliksiz onlayn olishi mumkin.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.
Belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yili birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.
Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
2022 yil 5 sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
12:30 / 24.09.2024
O‘zbekistonda aliment to‘lovlari oshadi
07:28 / 07.09.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi
11:20 / 29.07.2024
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi
09:05 / 18.07.2024