Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasi joylaşgan Ukrainaning Yenergodar şahri 28 avgust, yakşanba kuni keçqurun öqqa tutildi. Ukraina va Rossiya tomoni tarqatayotgan videolavhalarda turar joy binolari hovlisida turgan maşinalar yonayotgani aks etgan. Şahar meri Dmitriy Orlov şaharning turar joylari öqqa tutilgani haqida ma’lum qildi. Ukraina va Rossiya sodir bölgan voqeada bir-birini ayblamoqda. 

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak öqqa tutilişini yadroviy şantajga uriniş deb atadi. «Rossiya terrorçilari Yenergodarni öqqa tutişdi. Ular provokatsiya qilib, dunyoni şantaj qilişga urinmoqda. Ular Nikopol, Marganetsni öqqa tutişmoqda va Yenergodarga «javob»ni öylab topişmoqda, ammo özlari öq uzayapti. Rossiya - terrorizmga homiylik qiluvçi davlat. Yadroviy şantaj javobsiz qolmasligi kerak», — deb yozdi Yermak Telegram-kanalida. 

Rossiya nazorati ostidagi oblast «ma’muriyati rahbari» Yevgeniy Balitskiyning sözlariga köra, zarba oqibatida töqqiz kişi jarohatlangan, ulardan ikki nafarining ahvoli oğir. Bosqinçi «ma’muriyat»ning yana bir vakili Vladimir Rogovning sözlariga köra, Ukraina öq uzilişi uçun mas’ul bölib, u göyoki şu yöl bilan Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) ekspertlarining Zaporijjya atom elektr stansiyasiga taşrif buyurişiga tösqinlik qilmoqçi. 

Avvalroq Ukraina va Rossiya bir-birini Rossiya qöşinlari tomonidan egallab olingan Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi – Zaporijjya atom elektr stansiyasini öqqa tutganlikda bir neça bor ayblagan edi. 25 avgust kuni ZAES tarixda birinçi marta elektr tarmoğidan butunlay uzildi, biroq keyinçalik stansiya Ukraina energetika tarmoğiga qayta ulandi. 

Bunday şaroitda Ukrainadagi barça atom elektr stansiyalari operatori «Energoatom» radiatsiya çiqib ketiş xavfi mavjudligini ma’lum qildi. «Vaqti-vaqti bilan öqqa tutilişi natijasida stansiya infratuzilmasi şikastlangan, vodorodning sizib çiqişi va radioaktiv moddalarning tarqalişi, yuqori yonğin xavfi mavjud», — deyiladi kompaniya xabarida. 

«Energoatom» ma’lumotlariga köra, AEXA missiyasining kelişiga tayyorgarlik körayotgan Rossiya harbiylari ZAES xodimlariga «bosqinçilarning stansiyadagi jinoyatlari va undan harbiy baza sifatida foydalaniş dalillarini oşkor qilişlariga yöl qöymaslik uçun» bosimni kuçaytirgan. 

28 avgust kuni Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba ham atom elektr stansiyasi Rossiya harbiy bazasiga aylanganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, rus okkupantlari «butun qit’aning xavfsizligini xavf ostiga qöygan». Avvalroq Britaniya razvedkasi Rossiya harbiy texnikani Zaporijjya atom elektr stansiyasi reaktoridan 60 metr uzoqlikda saqlayotgani haqida xabar bergan edi.