DW xabariga köra, Zaporijjya viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari vazifasini bajaruvçi Mixail Semikin 10-oktabr kuni beş kişi halok bölgani va yana 10 kişi jarohatlanganini maʼlum qilgan.
«Zarbalar berilgan joylarda qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda. Vayronalar ostida hali odamlar bölişi mumkin», - deb yozgan u Telegram’da.
Viloyat mudofaa kengaşi hamraisi Ivan Fedorov esa jabrlanganlar sonini 11 kişi deb körsatgan. Uning maʼlumotiga köra, jarohatlanganlar orasida 14 yoşli qiz va 12 yoşli öğil bola bor. Ikkalasining ahvoli örtaça oğir deb baholangan.
Fedorov ikki jabrlanuvçining ahvoli oğir ekanini, tört kişi şifoxonaga yotqizilganini ham bildirgan.
Hujum oqibatida Zaporijjyaning Şevçenko va Voznesenovskiy tumanlarida kamida 26 ta turar joy şikastlangan. Ularning 23 tasi köp qavatli uylardir. Noturar binolarda ham zarar qayd etilgan.
Rossiya qöşinlari bir kun avval ham Zaporijjyaga boşqariladigan aviabombalar bilan zarba bergan edi.

















