Angliya janubi-g‘arbida qurg‘oqchilik e’lon qilindi
Britaniya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi rahbari Jyeyms Bivan aholini suvni tejab ishlatishga chaqirgan.
![](https://storage.kun.uz/source/8/ROTdeW0koIjkNrKkBLHx0rGuUPZZBknS.jpg)
Foto: Reuters
Angliya janubi-g‘arbida qurg‘oqchilik e’lon qilindi. Bu haqda Britaniya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi xabar berdi.
«Butun Angliya janubi-g‘arbi qariyb 90 yil ichidagi eng quruq ob-havo sharoitiga duch keldi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Bristol, Somerset, Dorset, Glostershir va Uilshir grafliklarida qurg‘oqchilik e’lon qilingan.
Avvalroq Britaniya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi rahbari Jyeyms Bivan aholini suvni tejab ishlatishga chaqirgandi.
Yevropa qurg‘oqchilik observatoriyasining avgust oyidagi hisobotida keltirilishicha, Yevropaning 47 foizida tuproq namligi tanqisligi, 17 foizi favqulodda holatda turibdi va bu ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holat – oxirgi 500 yillikdagi eng yomon qurg‘oqchilik deb baholandi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/1wId1vtQ4jSJfWNGfII59SIpQzdOuZmV_medium.jpg)
16:05 / 21.06.2024
«Jasur Sautgeyt». Favorit Angliya haqida
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/gX4lCOmfJ2o2TIzoLVlOf3EwQZ35QauG_medium.jpg)
11:11 / 22.04.2024
Xavf ostidagi Stounhenj – Angliyada qadimiy yodgorlik yonida yerosti yo‘li qurilishi mumkin
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/cVfxmRNBsiUiFzeGwnFRAiKBqIWjIQfI_medium.jpg)
18:26 / 30.03.2024
O‘lim bog‘i – Angliyaga zaharli va giyohvand moddalardan iborat o‘ldiruvchi bog‘ nega kerak?
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/idimhMf9yIdUzNYQSaIBq1yXqrtz7yRb_medium.jpg)
11:59 / 07.03.2024