Şu munosabat bilan u investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Kunning birinçi yarmida Qonunçilik palatasi bu nomzodning vazir bölişini ma’qullagan edi.

Aziz Voitov 1980 yilda tuğilgan, Toşkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortiş” mutaxassisligi böyiça bitirgan (2001) hamda Oliy işbilarmonlik maktabida “Biznes boşqaruvi” böyiça tahsil olgan (2010).

Voitov öz vaqtida Özsanoatqurilişbank boşqaruvi raisi bölgan. 2020 yil mart oyidan buyon investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, QXVni uç yil boşqargan Jamşid Xöjayev ötgan oyda investitsiyalar va taşqi savdo vaziri etib tayinlangandi.