Toşkent viloyati prokuraturasi sud hukmi bölsa ham garov sifatida prokuratura depozit hisob raqamiga qöyilgan pulni qaytarmayapti. Mablağni qaytariş böyiça qilingan murojaatlar esa naf bermayapti.

Fuqaro Dilrabo Abdullayeva (ism-şarif özgartirilgan)ga nisbatan jinoiy iş oçilgan va u jinoyat işlari böyiça Nurafşon şahar sudining 2021 yil 9 sentabrdagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 1-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan aybdor deb topilgan. Mazkur hukmga asosan sudlanuvçi tomonidan dastlabki tergov davomida Toşkent viloyat prokuraturasi depozit hisob raqamiga topşirilgan 300 mln söm mablağ unga qaytarilişi belgilangan.

Toşkent viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining 2022 yil 25 may kungi ajrimiga asosan, jinoyat işlari böyiça Nurafşon şahar sudi hukmining Dilrabo Abdullayevaga oid qismi Jinoyat protsessual-kodeksining 84-moddasi 2-qismiga asosan tugatilgan. Sudlanuvçi tomonidan garov sifatida Toşkent viloyat prokuraturasi depozit hisob raqamiga topşirilgan 5 mln söm pul mablaği uning öziga qaytarilişi belgilangan.

Hukm va ajrim ijrosini ta’minlaş maqsadida jinoyat işlari böyiça Nurafşon şahar sudi tomonidan 2022 yil 2 iyun kuni ijro varaqasi çiqarilib, MIB Örtaçirçiq tuman bölimiga yuborilgan. Öz navbatida MIB Örtaçirçiq tuman bölimi 305 mln söm mablağni ötkazib beriş haqida Toşkent viloyati prokuraturasiga aloqa xatlari yuborgan.

Lekin 2 oy muddat ötganiga qaramay, negadir Toşkent viloyat prokuraturasi şu kunga qadar sud hukmi ijrosini ta’minlamagan, pul mablağlarini qaytarmagan.

Bu orqali “qonun posbonlari” qonunçilikka zid harakat qilib, oçiqçasiga fuqaroning huquqlarini poymol qilmoqda. Mablağni qaytariş böyiça qilingan murojaatlar esa naf bermayapti.

Xususan, advokat tomonidan Toşkent viloyati prokuroriga holat yuzasidan şikoyat kiritilgan.

Prokuratura advokatning murojaatiga javoban viloyat prokurori tomonidan sudning 2022 yil 5 maydagi ajrimini bekor qilib, jinoyat işini yangitdan appelyatsiya instansiyasiga yuboriş haqida Oliy sudga kassatsiya protesti kiritilganini, protest mazmunan körib çiqilganidan söng depozit hisob raqamda saqlanayotgan pul mablağini qaytariş masalasi hal qilinişini bildirgan.

Prokuraturaning mazkur harakati, ya’ni sud hukmini bajarmasdan, “protest körib çiqilsin, keyin gaplaşamiz” deyişi qonunçilikka zid.