28 avgust kuni Toşkent – London yönalişidagi HY-201 aviaqatnovida yölovçilarning yuklari öz manziliga yetkazilmadi.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabardan keyin kompaniya bergan izohga köra, bunga Airbus A320neo samolyotining “çeklangan tijorat yuklanişi” sabab bölgan.

“Bortga yuklanmagan yuklarning umumiy soni 119 örinni taşkil etadi, bu esa 2210 kg miqdorida bölganini anglatadi. Ayni paytda HY-201 reysi yölovçilarining yuklari Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida joylaşgan bölib, 30 avgust kuni HY-201 reysi bilan Londonga yetkaziladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Qöşimça qilinişiça, yuklar barça yölovçilarga körsatilgan manzil böyiça yetkazib beriş xizmati tomonidan bepul yetkazib beriladi.

Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söragan.

Şu bilan birga, rasmiy axborotda yölovçilarning yuklari boşqa davlatga uçirib yuborilgani haqidagi gap-sözlarga izoh berilmagan. Bundan taşqari, reys 2 soat keçikib uçganiga oid da’vo ham oçiq qoldirilgan.

  • Uzbekistan Airways'ga köra, yuqoridagi holat böyiça qöşimça ma’lumot uçun HY-201 aviaqatnovi yölovçilari aviakompaniyaning Londondagi vakolatxonasiga 02070342090 raqami yoki [email protected] va [email protected] elektron poçta manzillari orqali murojaat qiliş mumkin.