08:02 / 31.08.2022
3126

Mulkka bo‘lgan huquq uni tasdiqlovchi hujjatni bekor qilish bilan tugatilmaydi 

AOKAda Oliy sudi raisi o‘rinbosari Halilillo To‘raxo‘jayev, Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov, Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mulk huquqi daxlsizligini ishonchli himoya qilish to‘g‘risidagi prezident farmoni haqida ma’lumot berildi.

Endilikda yerdan ixtiyoriy voz kechish mulkdor notarial tasdiqlanadigan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Buning uchun hokim qarorini qabul qilish talab etilmaydi.

Yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Mazkur yerlar tugatilayotgan yuridik shaxs muassislariga o‘tadi.

Endilikda mulkdor yoki uning vakili o‘z mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzishga mutanosib ravishda va huquq buzilishi oldini olish uchun zarur harakatlar doirasida mustaqil himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Turar joyga nisbatan mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ular roziligini olish talab etilmaydi.

Mavzuga oid
Top