Mamlakatimizda mahsulotning alohida turi deya ta’riflanadigan elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj yildan yilga oşib borayotgani bugun heç kimga sir emas. Aholi sonining oşib borişi, turmuş darajasining yuksalişi, yurtimizda köplab yirik sanoat korxonalari, örta va kiçik biznes — tadbirkorlik jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani energetika sohasida, xususan elektr energetika tarmoğida yirik investitsion loyihalar amalga oşirilişi uçun asos bölayotgani rost. Bu borada köplab Prezident qarorlari qabul qilinib, Vazirlar Mahkamasining topşiriq va körsatmalari amaliyotga tatbiq etilmoqda.
2017–2021 yillar oraliğida elektr energiyasi işlab çiqariş jarayonida (generatsiya), yuqori va past kuçlanişli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda bir qator modernizatsiya-rekonstruksiya, quriliş-montaj, ta’mirlaş-sozlaş işlari olib borildi. Ammo bu işlar hali ösib borayotgan ehtiyojni qondiriş uçun kamlik qiladi.
Misol uçun, Energetika vazirligi e’tirof etişiça, birgina yuqori kuçlanişli podstansiyalarda joriy yilning 7 oyi mobaynida 591 MVA (megavolt amper) qöşimça quvvat yaratildi.
«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta 220–500 kV kuçlanişli podstansiyalarning qariyb yarmi hozirda investloyihalar hisobiga yangilanmoqda, ya’ni eski elektr uskuna va jihozlari örniga yuqori quvvat ötkazişga qodir zamonaviy uskuna va jihozlar örnatilmoqda. Xuddi şu kabi 11650 kilometr uzunlikka ega 110, 220 va 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari bosqiçma-bosqiç yangilanib bormoqda.
Şu örinda bir haqli savol tuğiladi. Xöş, Özbekiston energotizimida yuqori suratdagi modernizatsiya jarayonlari amalga oşirilayotgan ekan, dastlab ularni loyihalaşda yangi quvvatlar mavjud energetika tizimiga qanday ta’sir etişi örganiladimi? Generatsiya jarayonining işlab çiqariş hajmi oşişiga muvofiq tarzda yuqori va past kuçlanişli elektr tarmoqlarni rivojlantiriş uçun tizimli işlar qilinmoqdami?

Albatta. Elektr energetika tarmoğini rivojlantiriş strategiyasi, ya’ni istiqboldagi rejalar, loyihalaştiriş işlari quriliş-montaj işlaridan birmunça avvalroq amalga oşirilişi avvaldan mavjud an’ana. Ammo ösiş sur’atlari bu qadar jadal olib borilayotganida Özbekiston energetika tizimining raqamli modeli va interaktiv xaritasiga ehtiyoj sezilayotgan edi. Bugun aynan şu — “











