Somon yöli galaktikasi 100 mlrddan ortiq yulduzlarni jamlagan va ulardan biri – bizning Quyoşimiz. Bu gazli şar Quyoş tizimining 99,8 foiz massasiga ega, uning diametri Yer diametridan 109 barobar kattaroq.
Yulduzimizning qa’rida sodir bölayotgan yadroviy reaksiyalar tufayli Quyoş sirtida harorat Tselsiy şkalasi böyiça 5000 darajaga yetadi. Şu sababli u astronomlarning diqqatini öziga jalb qilgan juda qizğin va qiziqarli obekt hisoblanadi.
Quyoş sirtida kuzatiladigan doğlar sayyoramiz ölçamidan ham bir neça barobar katta. Bu doğlar har 11 yilda Quyoşda röy beradigan tabiiy sikl – yulduzning koinotdagi «ob-havo»ga ta’sir ötkazuvçi faolligidan sözlaydi.
Qora doğlar quyoş çaqnaşlariga sabab böladi, çaqnaş tufayli tojsimon otilişlar sodir böladi. Natijada Quyoşni örab turgan fazoga magnit zarraçalaridan iborat bulutlar ajralib çiqadi.
Geomagnit bulutlar insoniyat uçun yangilik emas, 1859 yilgi Quyoş faolligi tarixdagi eng kuçli geomagnit böroniga sabab bölgan, 1989 yilgi böron esa elektr uskunalarini işdan çiqargan.
Bunday tabiiy ofat bugungi kunlarda ham röy berişi mumkinmi? Astronomlar bu savolga javobni bor-yöği 48 soat içida ölçamlarini nihoyatda kattalaştirgan Quyoş doğlarini kuzata turib topişga harakat qilişmoqda. Bu haqda Hi-news.ru maqolasida söz boradi.

Quyoş sikli
Boşqa yulduzlar singari Quyoş ham uning magnit maydoni hamda 11 yillik siklini şakllantiruvçi vodorod va geliy atomlari yadrosi – zaryadlangan zarralari «omixta»sidan iborat qaynoq gazli şardan iborat. Bu har 11 yilda yulduzning şimoliy va janubiy qutblari uning sirti faolligiga ta’sir körsatib, öz örnini almaştirişini bildiradi. Mana şu asnoda Quyoş doğlari ham paydo böladi.
Oddiyroq qilib aytganda, vaqt ötişi bilan Quyoş faollaşadi va uning sirtidagi doğlar miqdori orta boşlaydi. Tsiklning boşlanişini tadqiqotçilar Quyoş minimumi deb ataydi, örtasini esa Quyoş maksimumi.


















