1 sentabr, payşanba kuni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) inspektorlari Yenergodardagi Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES)ga taşrifini boşlaşga hozirlik körmoqda. Bir kun avval missiya iştirokçilari stansiyadan 55 kilometr uzoqlikda joylaşgan Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporijjya şahriga yetib kelişdi.
AEXA xodimlari ZAES hududida bir kun qoladi, dedi 31 avgust kuni Zaporijjya oblasti okkupatsion ma’muriyati «rahbari» Yevgeniy Balitskiy. Öz navbatida, agentlik mutaxassislari uzoqroq qolişga umid qilmoqda.
«Agar biz doimiy qoliş yoki uzoqroq iştirok etişga muvaffaq bölsak, u holda muddatlar uzaytiriladi. Ammo bu birinçi bosqiç bir neça kun davom etadi», dedi missiyaga rahbarlik qilayotgan AEXA boş direktori Rafael Grossi jurnalistlarga.
Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka boş boşqarmasi (RBB) uruş paytida Zaporijjya oblastining muhim qismini egallab olgan rossiyaliklar xalqaro agentlik inspektorlari taşrifiga tösqinlik qilişda davom etişini aytgandi.
«Xususan, stansiyaning özini ham, AEXA vakillarining kelişi mumkin bölgan yönalişlarini ham provokatsion öqqa tutişlar töxtamayapti, - deyiladi xabarda. - Stansiya xodimlari qattiq repressiyalarga uçramoqda. Okkupantlar yetarli darajada «işonçli» bölmagan ayrim işçilar ğoyib bölgan. Ularning taqdiri va hozir qayerda ekani noma’lum».
Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga köra, turli sabablarga köra okkupantlar bilan hamkorlik qilişga rozi bölgan ZAES xodimlarining bir qismi, şuningdek, maxsus tayyorlangan «massovka» missiya a’zolarida mahalliy aholi okkupantlar harakatini töliq qöllab-quvvatlayotgani haqidagi taassurot qoldirişi kerak. «Hozirda rossiyalik texnologlar ular bilan ssenariyni işlab çiqiş va Kreml uçun zarur bölgan «surat»ni yaratiş ustida işlamoqda», - deyiladi RBB xabarida.












