Kuz va qişda energiya narxi yuqoriligi sababli Germaniyada fuqarolarning norozilik namoyişlari boşlansa ham, bu Ukrainadagi uruş uçun Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinişiga olib kelmaydi. Bu haqda Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok 31 avgust, çorşanba kuni Pragadagi muhokamalar çoğida aytib ötdi. «Biz Ukraina tomonida bölamiz va bu siyosatçilar uçun juda oğir bölsa ham, sanksiyalar qişda davom etişini anglatadi», — dedi Berbok. 

U Germaniya aholisining köça çiqişlarini kutayotganini tan oldi, ular hukumatga: «Biz energiya uçun tölay olmaymiz» deyişadi. Bu noroziliklarga javob ijtimoiy çoralar bölişi kerak, lekin Moskvaga qöyilgan çeklovlarni bekor qiliş emas, deydi Annalena Berbok. «Ukraina xalqiga va’da beraman: toki biz sizga kerak ekanmiz, siz bilan birga bölamiz», - dedi Germaniya TIV rahbari. 

U avvalroq Ğarb davlatlari Ukrainadagi uruşning oldini oliş uçun «hamma narsani qilganini» aytgan edi. Şu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «bu tinçlik muzokaralarini buzdi» va «yarim yildan beri begunoh mamlakatni vayron qilmoqda», dedi nemis vaziri 24 avgust kuni ZDF ommaviy-huquqiy telekanaliga bergan intervyusida. 

Moskva hatto «gumanitar yölaklar böyiça haqiqatan ham faol muzokaralar olib borişni» xohlamaydi va bunday vaziyatda «Ukrainani qurol-yaroğ bilan qöllab-quvvatlaşda» davom etişdan boşqa yöl yöq, dedi Germaniya TIV rahbari ZDF telekanalida. 

Annalena Berbokning sözlariga köra, Germaniyadan Ukrainaga qurol yetkazib beriş «Germaniyaning öz zaxiralari mutlaq tanqisligi» tufayli «nozik pallada» turibdi. Kiyev nuqtayi nazaridan, «bugundan köra keça yetkazib bergan yaxşiroqdir», ammo Germaniya ham örta muddatli istiqbol haqida öylaşi kerak, çunki uruş kelgusi yilda davom etişi mumkin, deya tuşuntirdi u. 

Reuters xabariga köra, Germaniya qöşimça ravişda Kiyevga Iris-T raketa tizimlari, 10 ta zirhli qutqaruv maşinasi, 20 ta raketa otiş moslamasi, öq-dorilar va dronlardan himoya qiliş uskunalari berişni rejalaştirmoqda. Yetkazib beriş Bundestag qömitasi tomonidan tasdiqlanişi kerak. Qurollar 2023 yilda, balki undan ham oldinroq yuborilişi rejalaştirilgan, dedi agentlik manbasi.