Mobiuz mobil operatori öz abonentlari va aholini texnologik yutuqlar bilan xursand qilişda davom etadi. Zero, kompaniyaning maqsadi ilğor yeçimlarni joriy etişda birinçilar qatorida bölişdir.

Mobiuz’ning tijoriy 5G tarmoği bir vaqtning özida poytaxtning beşta tumanidagi sakkizta joyda işga tuşmoqda. Bu orqali Mobiuz mamlakatimiz poytaxtini beşinçi avlod tarmoği bilan hozirgi kunda eng keng qamrab olgan ilk operatorga aylanmoqda.

Xususan, 5Ğdan quyidagi joylarda foydalaniş mumkin:

  • Mirobod tumani, Oybek metro bekati atrofida, şuningdek, “Poxtaxt” savdo markazi (Brodvey) hududida;
  • Mirzo Uluğbek tumani, “Le Grand Plaza” mehmonxonasi (sobiq «Tata») atrofida;
  • Yunusobod tumani, Mobiuz Markaziy ofisi hududi, şuningdek, «Poxtaxt» biznes markazi atrofida;
  • Şayxontohur tumani, «Fleshka» (Malika) savdo majmuasi hududida;
  • Çilonzor tumani, Çilonzor Buyum Bozori bozori hududi (Ippodrom) va Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti atrofida (Tashkent City, Beşyoğoç).

Kelasi bir oy içida Toşkentning yana bir qança joylarida 5G stansiyalari örnatiladi.

«5Gdan foydalaniş» xizmatini faollaştiriş uçun abonentlar tarmoq qamrovi hududlarida *223*1# USSD-buyruğini terişlari kerak. Tarmoq faqat 5G texnologiyasini qöllab-quvvatlaydigan va qurilma dasturiy ta’minoti işlab çiqaruvçisi tomonidan ruxsat berilgan qurilmalarda işlaydi.

Beşinçi avlod tarmoğining imkoniyatlaridan ikki usulda foydalaniş mumkin:

  • 75 ming sömga 50 000 MBlik maxsus 5G töplamini ulaş orqali (*225*50000#). Bunday holda, mobil internet tezligi 1 Gbit/s gaça böladi;
  • maxsus töplam ulamasdan turib foydalanganda mobil internet tezligi 300 Mbit/s gaça böladi.

“5G tayanç stansiyalari Toşkent şahrida bir yil avval örnatilgandi. Kompaniyaning yetti yilligi munosabati bilan ötgan yilning 1 dekabrida tarmoq sinov tariqasida işga tuşirilgan edi. Keyinçalik tijoriy foydalanişga topşiriş uçun zaruriy tayyorgarlik işlari amalga oşirildi. Hozirgi kunga kelib, tarmoqlarimizdan foydalanayotgan abonentlarning 5G qurilmalari soni yetarliça darajaga keldi. 5Ğni işga tuşiriş – Mobiuz faoliyatidagi muhim qadamlardan biridir. U Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlarimiz bilan investitsiya loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlarning yorqin namunasidir. Kelgusida beşinçi avlod tarmoğimiz sezilarli darajada kengayib, yangi hududlarni qamrab oladi”, — deydi Mobiuz Boş direktorining texnika va AT böyiça örinbosari Abdurahmon Abdurahmonov.