Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi va Moliya vazirligining “Qoraqalpoğiston sovitkiçli siğimlar uyuşmasi”ni taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
“Nukus Dilisha” MÇJ, “Qiyat” MÇJ, “Klaster Bexruz Jahangir” MÇJ korxonalari, Qoraqalpoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi hamda sovitkiçli omborlarga ega va qişloq xöjaligi mahsulotlari zaxirasi bilan şuğullanadigan xöjalik yurituvçi sub’yektlar uyuşma muassislari hisoblanadi.
Fermer, dehqon xöjaliklari va boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlar uyuşmaga ixtiyoriy tarzda şartnoma asosida a’zo bölişi va tarkibidan çiqişi mumkin. Uyuşma faoliyatini moliyalaştiriş uning tarkibiga kiruvçi taşkilotlar ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşiriladi.
Quyidagilar uyuşma asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
- Qoraqalpoğiston mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda qiş-bahor oylaridagi aholi iste’mol ehtiyojlaridan kelib çiqib, asosiy turdagi qişloq xöjaligi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini şakllantiriş va zarur hollarda bozorlarda realizatsiya qiliş;
- Qoraqalpoğiston içki iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari keskin oşib ketişiga yöl qöymaslik maqsadida içki iste’mol bozoriga mahsulotlar intervensiyasini amalga oşiriş;
- Qoraqalpoğiston sovitkiçli siğimlariga ega tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini muvofiqlaştiriş va qonunçilikda belgilangan boşqa vazifalarni amalga oşiriş;
- Qoraqalpoğiston asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini omborxonalarda saqlaş zamonaviy usullarini joriy etiş böyiça tadbirkorlar malakasini oşiriş;
- Qoraqalpoğistonda zaxiraga olingan mahsulotlar saqlaş, transportda taşiş va sotişda tabiiy yöqotiş belgilangan normalariga muvofiq işlarni taşkil etiş;
- Qoraqalpoğiston asosiy turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari zaxirasi uçun kooperatsiya asosida uruğlik va köçat bilan ta’minlaş;
- Qoraqalpoğiston aholisi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini doimiy çuqur tahlil qilib boriş hamda zarur hollarda tezkor kompleks çoralar köriş uçun aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşiga kiritib boriş;
- Qoraqalpoğistonda aholi iste’mol va zaxirasidan oşgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini hisob-kitoblarga muvofiq eksport qilişga kömaklaşiş;











