Xabarda aytilişiça, ölimning sababi noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarda advokat qon bosimi kötarilib ketişi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar paydo böldi. Şuningdek, marhumni tanigan foydalanuvçilarning yozişiça, ayni damda ölim sababini aniqlaş maqsadida tibbiy ekspertiza ötkazilmoqda.

Umid Davlatov köplab şov-şuvli sud işlarida advokatlik qilgan. Xususan, bloger Otabek Sattoriyning adkovati sifatida sudda uning huquqlarini himoya qilgan. Davlatov xorazmlik bloger va huquq faoli Nafosat Olloşukurova işida ham advokat sifatida işlagan.