Xalq ta’limi vazirligi 15 yildan ortiq mehnat stajiga ega oliy toifali pedagoglar hukumat qaroridagi özgariş sabab malaka toifasini yöqotayotganini rad etdi.
Vazir Baxtiyor Saidovning Kun.uz'ga aytişiça, bu boradagi özgariş notöğri talqin qilinmoqda.
“Ustozlarning xavotirga örin yöqligiga e’tiborlarini qaratmoqçiman.
Xalq ta’limi vaziri sifatida şuni alohida ta’kidlab ötamanki, joriy yil mart-may oylarida malaka toifasi oliş uçun ötkazilgan attestatsiya davrida amalda bölgan tartibga asosan, 15 yillik uzluksiz iş stajiga ega bölgan oliy malaka toifaga ega pedagoglarning attestatsiyadan ötişi majburiy bölmagan va ularning oliy toifa malakasi umrbod saqlab qolinadi.
Şuningdek, albatta, uşbu toifadagi pedagog xodimlarimizning oylik iş haqlari oliy malaka toifaga tegişli lavozim okladidan tölanadi”, – dedi XTV rahbari.
Vazirlik e’lon qilgan press-relizda normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytiş kuçiga ega emasligi ta’kidlangan.
“Ma’lumki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori bilan Hukumatning 2021 yil 17 sentabrdagi 572-sonli qaroriga kiritilgan tegişli özgartirişga köra, oliy malaka toifa (boş öqituvçi lavozimi)ga ega bölganidan söng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega bölgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan.
Joriy yil mart-may oylarida malaka toifasi oliş uçun ötkazilgan attestatsiya davrida amalda bölgan tartibga asosan, 15 yillik uzluksiz iş stajiga ega bölgan oliy malaka toifaga ega pedagoglarning attestatsiyadan ötişi majburiy bölmagan va ularning oliy toifa malakasi umrbod saqlab qolinişi belgilangan.
Özbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonuniga asosan, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytiş kuçiga ega emasligi belgilanganligi munosabati bilan, 2022 yil mart-may oylarida ötkazilgan attestatsiya davrida 15 yillik uzluksiz iş stajiga ega bölgan oliy malaka toifali öqituvçilarning mavjud toifalari umrbod saqlanib qolişini ma’lum qilamiz”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Qöşimça qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy toifa olganidan keyin bu toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega öqituvçilarni navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etmaslik tartibi 2022 yil 2 avgustdan boşlab kuçga kiradi.












