Bildirilişiça, loyihani işlab çiqişdan maqsad advokatlik guvohnomasi böyiça qoğozbozlik oldini oliş, advokatlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar sonini qisqartiriş va advokatlik guvohnomasini ID-karta sifatida maxsus QR-kod qöyilgan holda rasmiylaştirişni joriy etişdan iborat.

Loyihaga köra, şu kunga qadar advokat tomonidan taqdim etilgan ayrim hujjatlar bekor qilinib, advokatlik faoliyati uçun litsenziya nusxasi hamda advokatlik qasamyodini tasdiqlovçi hujjatlar, advokat fotosurati hududiy adliya boşqarmalari tomonidan mustaqil olinadi, advokatlik guvohnomasi ID-karta şaklida tasdiqlanadi, advokatlik maxsus guvohnomasi poçta orqali yuborilişi, guvohnomadagi QR-kodni skanerlaş orqali advokat maqomi haqida ma’lumot oliş belgilanadi.

Qayd etilişiça, loyiha qabul qilinişi advokatlik guvohnomasini beriş tartibini töliq raqamlaştiriş, advokatura institutini yanada takomillaştiriş imkonini beradi.