Vazirlar Mahkamasining “Farğona viloyati Qöqon örmon xöjaligida namunaviy dorivor ösimliklar Botanika boğini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Farğona viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Qişloq xöjaligi vazirligi va Örmon xöjaligi qömitasining Toşkent Botanika boği negizida dorivor ösimliklar Botanika boğini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma’qullanadi.
Örmon xöjaligi qömitasi Fanlar akademiyasi, Farğona viloyati hokimligi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyunga qadar Qöqon örmon xöjaligi Yangiobod bölimida namunaviy dorivor ösimliklar Botanika boğini taşkil etiş çoralarini köradi.
Qöqon örmon xöjaligi Yangiobod bölimidagi Botanika boğiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
- xorijiy mamlakatlar dorivor ösimliklari introduksiyasi hamda ularni respublika hududlarida iqlimlaştiriş, yetiştiriş va qayta işlaşni yölga qöyiş;
- bioxilma-xillikni saqlaş va köpaytiriş, kamyob, yöqolib borayotgan dorivor ösimliklar xilma-xilligini saqlaş borasida Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriş;
- dorivor ösimliklarni köpaytiriş, yetiştiriş va qayta işlaş böyiça turizmni rivojlantiriş;
- dorivor ösimliklar botanikasi va yetiştiriş agrotexnologiyasi böyiça Andijon, Namangan, Farğonada joylaşgan OTM bilan ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, dorivor ösimliklar yetiştiriş böyiça agrotexnolog va botanika sohasida mutaxassislarni tayyorlaşda amaliy kömak körsatiş va şaroitlar yaratib, fan-ta’lim-işlab çiqariş integratsiyasini ta’minlaş.











