“Prezident va hukumatning ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi farmon loyihasi e’lon qilindi.
Suv xöjaligi vazirligi, vazirlik tarkibiy tuzilmasiga kiruvçi taşkilotlar tabiiy va sun’iy suv obektlari özanlarini tozalaş va qirğoqlarni mustahkamlaş bilan boğliq loyihalarni amalga oşiriş böyiça buyurtmaçi etib belgilanmoqda.
Boş prokuratura Ekologiya qömitasi, Suv xöjaligi vazirligi, Davlat geologiya qömitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi tomonidan qarorda körsatilgan nazorat funksiyalari lozim darajada bajarilişi ustidan nazorat örnatadi.
Korxona va taşkilotlar tomonidan daryolar özanlarini tozalaş işlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq amalga oşirilişi sababli, uşbu faoliyat ustidan tizimli nazorat örnatiş uçun Davlat geologiya qömitasi örniga Favqulodda vaziyatlar vazirligi kiritilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlarni muvofiqlaştiriş biznes-ombudsman tomonidan amalga oşirilişi sababli, daryolar özanlarini tozalaş va qirğoqlarini mustahkamlaş böyiça işlar ustidan nazoratni vakolatli organni xabardor etiş tartibida amalga oşiriş hamda bunga mas’ul organlar qatoriga Davlat geologiya qömitasi örniga Favqulodda vaziyatlar vazirligini kiritiş taklif etilmoqda.
Daryo özanlarida qum-şağal qazib oliş uçun tadbirkorlik sub’yektlariga Davlat geologiya qömitasi tomonidan berilgan ruxsatnomalarni 2022 yilning yakuniga qadar bosqiçma-bosqiç bekor qiliş çoralarini körişni nazarda tutuvçi band bilan töldirilmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlariga daryolar özanlari va qirğoqböyi mintaqalarida qum-şağal materiallarini qazib oliş uçun ruxsatnoma beriş töxtatilgani sababli, idoralararo guruhlar asosiy vazifalariga özgartiriş kiritilmoqda.
Davlat geologiya qömitasiga Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar hokimliklari bilan birgalikda ruxsatnomasi bekor qilinayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga işlab çiqarişni taşkil etiş uçun suv obektlari taşqarisida noruda foydali qazilmalar muqobil xomaşyo manbalarini aniqlaşga kömaklaşiş, toğli va toğoldi ölkalarida muqobil konlarni işga tuşiriş vazifasi yuklatilmoqda.












