Rossiya hukumati matbuot xizmati xabariga köra, muzokaralar çoğida Özbekiston va Rossiya uçun tomonlarni qiziqtirgan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

«Markaziy Osiyo mintaqasida sarmoyaviy hamkorlikni kengaytiriş, sanoat sohasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlaş va xalqaro transport-logistika kommunikatsiyalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar Rossiya va Özbekiston örtasidagi şeriklik strategik xususiyatga ega ekani, mamlakatlar örtasidagi hamkorlikning barça yönalişlari izçil rivojlanib borayotganini ta’kidladi», — deyiladi xabarda.

Uçraşuvda Aleksey Overçuk ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaşning ijobiy dinamikasini qayd etdi. 2022 yilning birinçi yarmida mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 2021 yilning şu davriga nisbatan 39 foizga oşdi. Eksport 41 foizga, import 35 foizga ortdi. Sarmoyaviy hamkorlik, jumladan, Özbekiston sanoat va energetika sohalarida amalga oşirilgan loyihalar yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani qayd etildi.

Bundan taşqari, tomonlar Özbekistonda soliq ma’muriyatçiligi va kadastr baholaş tizimlarini takomillaştirişda texnik kömak körsatiş loyihalari hamda özaro savdoni amalga oşirişda bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş natijalarini muhokama qildi.