Moskva boşqaruv maktabi - «Skolkovo» hammuassisi, milliarder, tadbirkor Ruben Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz keçib, Armaniston fuqarosi sifatida Toğli Qoraboğga köçib ötişga qaror qildi. Tadbirkor hayotidagi özgarişlar haqida 1 sentabr, payşanba kuni YouTube’da e’lon qilingan videoda gapirib berdi.
Ruben Vardanyanning sözlariga köra, bu qaror uning uçun «juda oğir» bölgan. Şu bilan birga, investor qanday tavakkalçiliklarni «öz zimmasiga olayotgani»dan xabardor ekanini aytdi.
Vardanyan Rossiyadan minnatdor ekanini, çunki u bu mamlakatda özini tadbirkor sifatida körsatganini aytdi. Tadbirkor şuningdek, sönggi paytlarda Toğli Qoraboğning köplab aholisi ruhsizlik kayfiyatida ekanini, «ular heç kimga kerak emas» deb öylaşayotganini ta’kidladi. «Menimça, buni qabul qilib bölmaydi», dedi u mahalliy aholiga yordam körsatişga çaqirib.
Ruben Vardanyan Rossiya Federatsiyasidagi aktivlarini şeriklari va oilaviy fond boşqaruviga ötkazişga va’da berdi.
2021 yilda Forbes jurnali biznesmenning boyligini 1 milliard dollarga baholadi, investor Rossiyaning 200 ta eng boy odamlari röyxatida 116-örinni egalladi.
1991 yilda u amerikalik Piter Derbi bilan birgalikda «Troyka Dialog» investitsiya kompaniyasini taşkil qilgan. 2019 yil sentabr oyida Anatoliy Çubays tuzilmalari «Romanov Dvor» biznes markazidagi uluşini Vardanyan kompaniyasiga sotdi.
2019 yilda Xalqaro uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyani tergov qiliş loyihasi (OCCRP) jurnalistlari «Troyka Dialog» iştirokida yaratilgan «Troyka-praçeçnaya» pul yuviş sxemasi haqida gapirib berdi. U poraxör amaldorlar va uyuşgan jinoyatçilikka aloqador şaxslarga soliq tölaşdan böyin tovlaş va mol-mulkni çet elda yaşiriş imkonini taqdim etdi, deya işonç bildirgan suriştiruvçilar.













