Toğli Qoraboğning sobiq boş vaziri, rossiyalik milliarder Ruben Vardanyan Ozarboyjonda öziga nisbatan boşlangan sud jarayoni fonida boşlagan oçlikni töxtatdi. Bu haqda u Boku qamoqxonasidan turib oilasiga yöllagan audiomurojaatida ma’lum qildi.
Vardanyan 19 fevralda oçlik e’lon qilgandi va u 23 kun davom etdi. Ruben Vardanyan özining uşbu harakatini «xalqaro va Ozarboyjon protsessual qonunçiligining qöpol buzilişiga javob» hamda sud jarayonidagi adolatsizlikka e’tibor qaratişga uriniş deb atadi.
«Oçlik e’lon qilişda bir neçta maqsadim bor edi: sud emas, balki nohaq hukm çiqariş ketayotganini körsatiş; meni emas, balki barça armanlarni va davlatning özini sud qilişayotganini körsatiş va qalbida Arsaxda qolib yaşaşni istaganlar uçun qanday tölov tölaşga töğri kelgan bölişini körsatiş», — deydi Vardanyan.
Ruben Vardanyan — «Troyka Dialog» sarmoyaviy kompaniyasining sobiq rahbari, «Skolkovo» biznes maktabi asosçisi. U Forbes versiyasi böyiça Rossiyaning eng badavlat insonlari röyxatiga kirgan. 2022 yil sentabrda Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz keçib, Toğli Qoraboğga köçib ötişini e’lon qilgan. U 2022 yil noyabrdan 2023 yil fevralga qadar tan olinmagan Qoraboğ Respublikasi hukumati rahbari bölgan.
2023 yil 27 sentabr kuni Vardanyan Qoraboğdan Armanistonga çiqib ketmoqçi bölgan vaqtda Ozarboyjon çegara postida uşlangan edi. Vardanyanga bir qança moddalar, jumladan, terrorizmni moliyalaştiriş, noqonuniy qurolli guruhlar tuziş va faoliyatida iştirok etiş böyiça ayblov qöyilgan.
2023 yil sentabr oxiridan beri u Bokuda hibsda. 2024 yil 19 aprelda Vardanyan birinçi marta oçlik e’lon qilgandi — 25 aprelda u yakunlangan. Iyun oyida uning oilasi Vardanyan tergov izolyatorida qiynoqqa solinganini ma’lum qilgandi. 2025 yil yanvarda esa Ruben Vardanyan tergov öziga oid iş böyiça hujjatlarni soxtalaştirganini bildirdi.













