Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qöllab-quvvatlaş töğrisidagi prezident farmoniga köra, 1 sentabrdan davolaş-profilaktika muassasalari xodimlariga davlat budjeti mablağlari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uçun lavozim maoşi 60 foizigaça va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uçun lavozim maoşi 30 foizigaça miqdorda har oylik qöşimça haq tölanadi.

Bundan taşqari, barça tibbiyot xodimlari davlat budjeti mablağlari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy körikdan bepul ötkaziladi.

Viloyatlar hamda Toşkent şahridan, xorijiy davlatlardan Qoraqalpoğistonning Taxtaköpir, Çimboy, Qoraözak, Bözatov, Şumanay, Qönğirot tumanlariga borib işlovçi şifokorlar oylik lavozim maoşiga dastlabki uç yil davomida 100 foiz, Möynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qöşimça har oylik ustama tölovlari davlat budjeti mablağlari hisobidan tölanadi.

Bunda, şifokor boşqa hududda kamida 2 yil işlagan hamda kamida ikkinçi darajali malaka toifasiga ega bölgan bölişi lozim.