Omikron variantiga moslaştirilgan koronavirusga qarşi vaksinalar Yevropa ittifoqida birinçi marta qöllanilişi mumkin. Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) 1 sentabr, payşanba kuni Biontech/Pfizer va Moderna kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan, omicron BA.1 sub-variantiga moslaştirilgan vaksinalardan foydalanişga ruxsat berdi.
EMA ilgari emlangan 12 yoşdan oşganlar uçun ikkita yangi koronavirus vaksinasini tasdiqladi. Agentlik ma’lumotlariga köra, ulardan kelib çiqadigan nojöya ta’sirlar avvalgi vaksinalardan yuzaga kelgan holatlar bilan «bir xil».
Yevropaning soğliqni saqlaş böyiça komissari Stella Kiriakidisning ta’kidlaşiça, vaksinalarni tasdiqlaş «yevropaliklarni kuz va qişda infeksiya tölqinlari xavfidan himoya qiliş uçun muhim». Uning sözlariga köra, YeI «yana bir kovidli qişga» tayyor bölişi kerak.
Germaniya soğliqni saqlaş vaziri Karl Lauterbax «pandemiyaga qarşi kuraşda sifatli olğa siljiş» bölganini aytdi, u Germaniyada moslaştirilgan vaksinalar bilan emlaş kelasi hafta boşlanişi mumkinligini bildirdi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST)ning haftalik epidemiologik byulleteni ma’lumotlariga köra, 22-28 avgust kunlarida dunyoda koronavirus bilan kasallaniş 16 foizga, ölim darajasi 13 foizga kamaydi. Körsatkiçlarning pasayişi dunyo barça mintaqalarida qayd etilgan, ammo eng kuçlisi - Şarqiy Örta Yer dengizi (37 foizga) va Yevropada (20 foiz). Ölimning eng katta pasayişi Afrika (64 foizga), Şarqiy Örta Yer dengizi (35 foizga) va Yevropada (30 foizga) kuzatilmoqda.
Umuman olganda, belgilangan davr mobaynida dunyoda 4,5 milliondan ortiq yangi kovid holati aniqlandi va SARS-CoV-2 koronavirusi bilan kasallaniş oqibatlaridan 13,5 ming kişi ölim holati qayd etildi.












