“Gaz taqsimlaş tarmoqlarini işlatiş va tabiiy gaz sotiş vazifalarini amalga oşiriş uçun gaz ta’minoti obektlarini xususiy operatorlarga işonçli boşqarişga topşiriş tartibi haqidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Gaz taqsimlaş tarmoqlaridan foydalaniş va tabiiy gaz sotiş funksiyalarini amalga oşiriş uçun xususiy operatorlarga işonçli boşqarişga topşiriladigan tuman (şahar) gaz ta’minoti bölimlariga yoki ular uçastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti obektlari röyxati, gaz taqsimlaş tarmoqlarini işlatiş va tabiiy gaz sotiş vazifalarini amalga oşiriş uçun gaz ta’minoti obektlarini xususiy operatorlarga işonçli boşqarişga topşiriş tartibi haqidagi nizom va gaz taqsimlaş tarmoqlarini işlatiş va tabiiy gazni iste’molçilarga sotiş vazifalarini bajariş uçun gaz ta’minoti obektlarini işlatiş va joriy texnik xizmat körsatiş vazifasi topşirilayotgan xususiy operatorlarni tanlaş böyiça tanlov komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi.
Xususiy operatorlarni tanlab oliş böyiça tanlov komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:
- gaz taqsimlaş tarmoqlaridan foydalaniş va tabiiy gaz sotiş funksiyalarini amalga oşiriş uçun xususiy operatorlarga işonçli boşqarişga topşiriladigan tuman (şahar) gaz ta’minoti bölimlariga yoki ular uçastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti obektlarini tasdiqlangan röyxatga muvofiq belgilaş;
- tanlov ötkaziş maqsadida xususiy operatorlarga sotilgan tabiiy gaz qiymati 10 foizidan ortiq bölmagan vositaçilik mukofoti boşlanğiç miqdorini belgilaş.
Gaz taqsimlaş tarmoqlaridan foydalaniş va tabiiy gaz sotiş funksiyalarini amalga oşiriş uçun xususiy operatorlar işonçli boşqaruviga topşiriladigan gaz ta’minoti tuman (şahar) bölimlariga yoki ular uçastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti obektlari röyxati:













