Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
58 ta OTMda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 377 ta loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurib, vazirlik faoliyati natijalari va O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish rejalari bilan tanishdi.
Innovatsion ishlanmalar, ilmiy tadqiqotlar natijalari va startap mahsulotlari ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi, vazirlik rahbariyati erishilgan natijalar va strategiyani amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.
Quyidagi raqamlar keltirildi: jami 31 ta tarmoq kesimida 441 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan 215 tasi bo‘yicha amalga oshirish ishlari boshlangan. Loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun 889,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Strategiyada innovatsion deb belgilangan mamlakat 28 tumani uchun innovatsion rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqil hamda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.
2022-2023 yillarda mamlakat 58 ta OTMda yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 217,8 mlrd so‘mlik 377 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Innovatsiyalarni joriy qilish bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari samaradorlik ko‘rsatkichi, tarmoq korxonalahttps://dunyo.info/cyrl/site/inner/itsv_ozbekistonning_innovatsion_rivozhlanish_istiqbollari_korib_chiqildi-zjRri va OTM innovatsion faoliyati, hududlar innovatsiyalarni joriy qilish bo‘yicha faoliyatini baholash reytinglari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Tashrif davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi takliflarini inobatga olgan holda, innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
15:57 / 14.02.2026
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi qo‘llab-quvvatlash choralari va’da qilindi
00:18 / 09.02.2026
“Metan zapravka” qurishga ruxsat yo‘q. Borlariga gaz yetkazib bera olishmayapti” – Jamshid Xo‘jayev
15:50 / 21.01.2026
Elchixonalarda tadbirkorlar uchun koll-markaz tashkil qilish taklif etildi
15:20 / 21.01.2026