«Gazprom» Ukraina orqali tranzit böyiça Yevropa mamlakatlariga «Sudja» gaz ölçaş stansiyasi (GÖS)dan «Soxranivka» GÖS yordamida kuniga 42,7 million kubometr gaz yetkazib beryapti, deb xabar qildi Reuters agentligi 3 sentabr, şanba kuni kompaniya bayonotiga tayanib.

Bir kun avval «Sudja» stansiyasi orqali gaz çiqariş hajmi 41,3 million kubometrni taşkil etdi. 

11 maydan beri Ukrainaning gaz uzatiş tizimi operatori (UGUTO) Rossiya qöşinlari tomonidan Lugansk oblastida egallab olingan «Soxranivka» GÖS va «Novopskov» kompressor stansiyasi (KS) orqali Yevropaga gaz tranzitini töxtatdi. Kompaniya gazni keyingi taşişni imkonsiz qiladigan fors-major holatlari haqida xabar qildi.

Avvalroq «Gazprom» şirkati «Şimoliy oqim» orqali gazni yuklaş dastlab rejalaştirilganidek 3 sentabrdan tiklanmasligini ma’lum qilgandi. Rossiya kompaniyasi bunga sabab sifatida «Portovaya» kompressor stansiyasida neft sizib çiqişini körsatdi. 

«Uskunaning işlaşiga oid jihatlar bartaraf etilmagunça, «Şimoliy oqim» gaz quvuriga gaz beriş butunlay töxtatildi», — deb xabar qildi rossiyalik monopolist. «Gazprom» bayonotida ta’kidlanişiça, «Siemens kompaniyasining ma’lumotlariga köra, uşbu dvigatellarda moy oqişi töliq bartaraf etilişini faqat ixtisoslaştirilgan ta’mirlaş kompaniyasi şaroitida amalga oşiriş mumkin». 

Germaniyaning Siemens Energy AG kompaniyasi bunga javoban «Şimoliy oqim» gaz quvuri işini töxtatiş uçun heç qanday texnik sabablar yöqligini aytdi. «Turbina işlab çiqaruvçisi sifatida faqat şuni ta’kidlaşimiz mumkinki, bunday xulosa («Gazprom»ning) işni töxtatiş uçun texnik sabab bölmaydi. Bunday sizib çiqiş odatda turbinaning işlaşiga ta’sir qilmaydi va ularni joyida bartaraf etiş mumkin, - dedi kompaniya vakili. 

Uning sözlariga köra, bunday muammolarni bartaraf etiş - «profilaktika işlari doirasidagi muntazam operatsiya»dir. Siemens’da ta’kidlanişiça, ilgari bunday sizib çiqişlarning paydo bölişi qurilma işini töxtatişga olib kelmagan.