“U xotinimni nomahramga körsatmayman deb bolamni 12 soat mobaynida uyda saqlab ötirgan. Bizga ham aytmagan kasal bölganini, döxtir ham çaqirtirmagan. Ölib bölgandan keyin çaqirgan bölişiyam mumkin-da. Bolam 9 iyun kuni kasal bölgan. 10 iyun kuni obedlarga borib ölganini bildik. Qizim ölgandan keyin xabar beryapti-da. Yöqsa bolam ikki kun burun binoyiday edi. Soppa-soğ edi bolam. Unga men bilan gaplaşişiga ruxsat bermagan, bir yil gaplaştirmadi qizim bilan”, deydi marhumning onasi Gavhar Jörayeva.
Ma’lum bölişiça, marhuma Dilnoza Jörayeva birinçi turmuşi öxşamagani uçun 2020 yilda hozirgi eriga turmuşga çiqqan.
“Qizim uning 3-xotini bölgan. Birinçi xotini Amerikada, undan törtta bolasi bor. AQŞ sudi uni oila uçun xavfli deb topgan va 5 yil davomida farzandlariga yaqin kelişni taqiqlagan. Ikkinçi xotinidan ikkita öğli bor, u bilan ham yaşamaydi. Qizim bilan nikohlaridan bitta qizlari bor.
Mayitni ekspertizadan olib çiqqanidan söng maşinaga solib qöygan, özi bozorlik qilgani bozorga ketgan. Iyun oyi, tasavvur qiling, 50 daraja issiq bölgandi, hamma biladi. Yakkasaroydagi “dom”iga borib singillarim töpolon qilgandan keyin qöşnilari tuşib kelgan.
Internetda tarqalgan video öşa paytda olingan. Bu vaqtda men Rossiyada edim. Hammasini videoga olişni, “uçastkavoy”ni çaqirtirişni aytdim ularga. Videoda “uçastkavoy” ham turibdi maşinaning yonida, körgandirsiz. Bolamni pillani öraganday örab maşinadan tuşirmagan, uyiga olib kirişga hazar qilgan”, deydi marhumaning onasi.

Marhumaning eri Otabek Hasan qaynonasining sözlarini inkor qildi.
“Rahmatli Dilnoza mening uçinçi turmuşim bölgani rost. Ungaça ikki marta uylanib, ajraşganman. Heç qaçon nikohimda bittadan ortiq ayol bölmagan.
Birinçi ayolim bilan 15 yil yaşaganman. U bilan ba’zi bir sabablarga köra, özaro kelişuv asosida 2019 yili qonuniy va şar’iy ajraşganman. Birinçi turmuşimdan tört nafar farzandim bor. Ular bilan haligaça körişib turaman, farzandlarim meni juda yaxşi körişadi, ta’minotlarini berib turaman. AQŞdagi heç bir sud meni otalik huquqidan mahrum qilmagan, farzandlarimga yaqinlaşişni taqiqlamagan. Bularning barçasi böhton.















