“Huquqiy axborot” kanalida yozilişiça, bunda yoşlar yetakçisi ijobiy tavsiyasi bilan kontrakt 50 foizigaça, biroq BHM 50 baravaridan oşmagan qismi tölab beriladi.

Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahri, tuman (şahar)lardagi “Yoşlar daftari” jamğarmalari töğrisidagi nizomga köra, tuman (şahar) “Yoşlar daftari” jamğarmasi mablağlari:

  • “Yoşlar daftari”ga kiritilgan va moddiy ahvoli oğir yoşlarga bazaviy hisoblaş miqdori 4 baravarigaça miqdorda bir martalik moddiy yordam körsatişga;
  • “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga öqitiş uçun sarflangan xarajatlar 75 foizigaça qismini, biroq bir oygaça, bir oydan ikki oygaça, ikki oydan ortiq muddatli öquv kurslari uçun tegişliça BHM 4, 8, 12 baravaridan köp bölmagan miqdordagi qismini qoplaşga;
  • “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarga ular davlat va nodavlat ta’lim taşkilotlarida avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş öquv kursi xarajatlarini qoplaş uçun BHM 4 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratişga;
  • “Yoşlar daftari”ga kiritilgan, dehqonçilik va tomorqa xöjaligini yuritiş bilan şuğullanayotgan yoşlarga uruğlik va köçatlar sotib oliş uçun BHM 8 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratişga;
  • “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarga tadbirkorlik faoliyati hamda özini özi band qiliş maqsadida noturar joy 12 oygaça ijara xarajatlarini köpi bilan bir yilda 30 foiz, biroq BHM 25 baravarigaça miqdorda qoplaşga;
  • “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarga tadbirkorlik faoliyatini boşlaş va özini özi band qiliş uçun zarur bölgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilişga BHM 40 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratişga;
  • mamlakat professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlar tölov-kontrakt summasi 50 foizigaça, ammo BHM 50 baravaridan oşmagan miqdorda tölab berişga;
  • yoşlarga zamonaviy kasblarni egallaşi, axborot texnologiyalarini örganişi va ularni xorijiy tillarga öqitiş böyiça olti oygaça muddatli öquv kurslar uçun har oyda BHM 4 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratişga;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoşlar ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yönalişlaridagi olti oygaça muddatli öquv kurslari uçun har oyda BHM 1 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratişga;
  • “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlar fuqarolik pasporti (biometrik pasport) oliş badalini qoplab beriş;