Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov lavozimidan ketganiga işora qildi. Qodirov bu borada öz Telegram-kanalida video e’lon qildi.

«Döstlar, bugun Rossiyadagi sub’yektlar rahbarlari orasida eng uzoq vaqtdan buyon işlab kelayotganimni bildim. Özim ham köp qolib ketganimni sezgandim. Uzoq muddatli ta’tilga munosibman deb öylayman. Meni tuşunasiz va qöllab-quvvatlaysiz degan umiddaman», deb yozdi Qodirov öz postida.

Postga video ham ilova qilingan, unda Qodirov fikrini davom ettirgan: «Hammaga assalomu alaykum, bu yana men, öz telefonimdan. Bugun Rossiyadagi sub’yektlar içida eng uzoq vaqtdan buyon ilşlayotgan rahbar ekanimni bildim, 15 yildan buyon respublikani boşqarib kelaman.

Biz kavkazliklarda bir gap bor: mehmon qança uzoq kutilgan va qadrli bölmasin uning vaqtida ketgani yanada yoqimliroqdir. Şunday ekan mening ham vaqtim keldi deb öylayman. Özlari meni haydab solişmasidan...

Qaçondir yoş va tajribasiz edim. Yoşlik qayergadir ketdi, bilmayman qayerga. Vaqtida ketişga harakat qilaman», dedi Qodirov videomurojaatida.

Avvalroq Ramzan Qodirov Çeçenistondagi harbiylar, huquqtartibot organi xodimlari heç qanday ta’til haqida öylamasligi kerak ekani haqida gapirgandi. 1975 yilda tuğilgan Ramzan Qodirov 2007 yildan buyon Çeçenistonga rahbarlik qilib keladi. U respublikaning birinçi prezidenti Ahmad Qodirovning öğli hisoblanadi.