Joriy yil sentabr oyida Şanhay hamkorlik taşkiloti navbatdagi sammiti Samarqand şahrida ötkaziladi.
Viloyat IIB xabariga köra, şu munosabat bilan, 14 sentabrdan 17 sentabrga qadar Samarqand şahri Ibn Sino, Böstonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Şohizinda, Usto Umar Jöraqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Uluğbek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed köçalarida transport vositalari harakati çeklanadi.
Harakat qatnovi çeklangan köçalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bölinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlaniş uçun ruxsat beriladi.
14, 15, 16 va 17 sentabr kunlari Samarqand şahriga kelmoqçi bölgan fuqarolardan taşriflarini boşqa muddatga köçiriş söralgan.
Ma’lum qilinişiça, şu kunlari Samarqand şahriga kiriş vaqtinçalik çeklanadi.













