«Özbekneftgaz» AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning «Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami» munosabati bilan yöllagan bayram tabrigi e’lon qilindi.
«Qadrli hamkasblar!
Mamlakatimizda sentabr oyining birinçi yakşanbasi “Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami” sifatida keng nişonlanmoqda.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev va hukumatimiz tomonidan neft va gaz sohasini rivojlantiriş uçun barça şaroitlar yaratib berilmoqda va soha xodimlari har tomonlama qöllab-quvvatlanmoqda.
Özbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng muhim tarmoği bölmiş, Neft va gaz sanoatida erişilgan har bir yutuqda barça-barçangizning hissangiz bor. Şu munosabat bilan sizlarni samimiy muborakbod etaman.
Neft va gaz sohasida faoliyat olib borayotgan 50 ming nafarga yaqin xodimlarni matonat va mustahkam iroda timsoliga öxşataman. Soha rivoji uçun barça uzluksiz va bir tan-u bir jon bölib mehnat qilayotgani quvonarlidir.
Barçangiz bilan bir yoqadan boş çiqarib mehnat qilyapmiz, yaxşi natijalarga erişiş, Prezidentimiz va xalqimiz işonçini oqlaş maqsadida sizlarga qöşilib, geolog, burğilovçi, master, muhandis, texnik, tadqiqotçi, quruvçi va ustaga aylandim. Imkon qadar sizning yoningizda bölib, maşaqqatli mehnatingizda yelkadoş bölib, doimo holingizdan xabardor böliş uçun joylarga çiqib, asl holat bilan tanişişga harakat qilyapman.
Bugun qarşingizda turib ayta olmagan samimiy tilaklarimni qabul qilasizlar degan umiddaman. Barçangizning mehnatingiz va soha rivojiga qöşayotgan hissangizni qalban his qilaman hamda vatanparvarligingizni hurmat qilaman.
Qahraton qiş va saratonning jazirama kunlari ham kasbingizga bölgan mehr-u muhabbatingizga, vatanga bölgan sadoqatingizga raxna sola olmasligining allaqaçon guvohiga aylandim, ayni şu sabab ham siz bilan birga ekanligimdan ğururlanaman.
Sizlarning metindek irodangiz, maşaqqatli mehnatingiz va mas’uliyatingiz sabab Neft va gaz sanoati töxtovsiz harakatlanayotganini yana bir bor faxr bilan ta’kidlab ötaman.
Işonçim komilki, bizni birgalikda yangi muvaffaqiyatlar, yangi marralar kutmoqda. Biz bir tan-u bir jon bölib, bundanda köp yutuqlarga erişa olamiz. Barçangiz bir jamoa bölib mehnat qilayotganingiz uçun samimiy minnatdorçiligimni bildiraman.
Özingiz va yaqinlaringizga sihat-soğlik, baxt-u omad, farovon turmuş, kasbiy muvaffaqiyat, tinçlik-xotirjamlik tilayman. Yana bir bor bayramingiz bilan tabriklayman!» deyiladi «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev











