Jahon banki joriy yil may oyida Özbekistonning inklyuziv rivojlanişiga oid hisobotini e’lon qildi. Tadqiqotda 4 ta rivojlaniş yönalişlari Özbekistonning iqtisodiy kelajagi uçun muhim omillar sifatida belgilangan. Jahon banki iqtisodçisi Villiam Zeyts Kun.uz bilan suhbatda ustuvor yönalişlar haqida gapirdi.

«Birinçisi, xususiy sektor asosiy yetakçi rolni bajarişi kerakligidir. Muvaffaqiyatli davlatlarda yuqori daromadga erişiş xususiy sektor sababli amalga oşadi. Çunki ular bandlikni ta’minlaş, ya’ni yangi iş örinlarini yaratişda katta uluşga ega. Şuningdek, ular oylik maoş miqdori oşişida ham yetakçi vazifani bajaradi. Şu sababli xususiy sektorga işlab çiqariş omillari, kapital va yerdan teng foydalaniş imkoniyatlarini yaratib beriş kerak.  

Ikkinçisi – hukumatning vazifasi. Avvalroq aytganimizdek, işlab çiqarişga kamroq e’tibor qaratgan holda asosiy e’tiborni mustahkam işonçli tartibga soluvçi qonunçilikka qaratiş kerak. Şuningdek, hukumat, hokimiyat organlarining salohiyatiga işonç hosil qiliş kerak. Asosiy talablar hukumat kuçli fiskal siyosati yuritişiga oid. Bu xususan, soliq qonunçiligini samarali amalga oşirişni, olingan mablağlarni tegişli va samarali sarflaşni ta’minlaşni taqozo qiladi. Bularning barini Özbekiston hukumati ustuvor vazifa sifatida belgilagan, endi buni davom ettiriş kerak», – deydi u.

Villiam Zeyts uçinçi yönaliş – inson kapitali va inklyuzivlik haqida gapirarkan, unga şaxsan özi qiziqiş bildirganini ta’kidlaydi.

«Bu borada hukumat haqiqatan bir neça yil davomida jiddiy qadamlar taşladi, ammo şu bilan birga qilinişi kerak bölgan işlar köp. Özbekistonda işlaşning eng yaxşi jihatlaridan biri – hukumatning bu yönalişda amalga oşirgan investitsiyalarini körişdir. Xususan, bu inson kapitaliga oid. Odamlarni soğliqni saqlaş va ta’lim imkoniyatlaridan foydalaniş imkoniyati bilan ta’minlaş va bu bilan boğliq xatarlardan xoli etiş juda zarur. Ba’zi yönalişlarni biz öz hisobotimizda körsatib ötganmiz. Bular boşlanğiç va örta ta’limdagi muammolar. Ya’ni öqituvçilar tegişli materiallarga egaligi va ta’lim sifati – bularning barçasi şu yönalişda qilinişi kerak bölgan işlardir.

Özbekiston hukumati juda katta e’tiborini uçlamçi ta’limga qaratgan, bu – kasbiy ta’lim. Kasbiy ta’lim iqtisodiy kelajak va xalq uçun muhim, lekin aholining nisbatan kiçik qismi uçlamçi ta’limga jalb qilinganini inobatga olsak, bu Özbekistonga salbiy ta’sir qilgandi.

Lekin sönggi yillarda jalb qilinuvçilarning soni ösib bordi. Yoşlar foydalanişi mumkin bölgan ta’lim yönalişlari juda köp. Şuningdek, maktabgaça ta’lim, ya’ni yoş bolalar uçun ham ta’lim rivojlanmoqda», – deydi u.