Pensilvaniya ştatining Uilks-Barr şahrida minglab tarafdorlari oldida sözlagan sobiq prezident federal agentlar maxfiy hujjatlarni izlagan reyd «Amerika tarixida hokimiyatni suiiste’mol qilişning eng dahşatli misollaridan biri» ekanini aytdi.

Tramp Pensilvaniyaga saylovda qatnaşayotgan Respublikaçilar partiyasidan ikki nomzodni qöllab-quvvatlaş uçun taşrif buyurdi.

Doktor Mehmet Oz AQŞ Senatiga saylaniş uçun, senator Dug Mastriano esa Pensilvaniya gubernatori lavozimiga da’vogarlik qilmoqda. Biroq, ularning ikkisi ham köp gapirmadi. Şanba oqşomidagi miting asosan bir kişi – Tramp uçun edi.

76 yoşli Tramp deyarli ikki soatlik nutqining birinçi qismini avgust oyi boşida FQBning Floridadagi mulkida ötkazilgan tintuviga bağişladi.

Tintuv ötkazgan FQB xodimlari «maxfiy» deb yozilgan önlab böş papkalarni topişdi, şuningdek, uning şaxsiy kabinetidan öta maxfiy hujjatlarni olib ketişdi.

Sobiq prezident maxfiy hujjatlar bilan qanday işlagani böyiça tergov ostida. Trampning özi heç qaysi qonunni buzmaganini aytmoqda.

Reyddan taşqari, Pensilvaniya mitingida sobiq prezident taniş mavzularga qaytdi: 2020 yilgi saylovlar undan öğirlangani haqidagi asossiz da’volar, Demokratik partiyadagi raqiblariga hujumlar va «mamlakatni qutqariş» haqidagi va’dalar. Şuningdek, giyohvand modda savdogarlariga ölim jazosi tayinlaşga çaqirdi.

Quyida Donald Tramp mitingidagi muhim nuqtalar körib çiqiladi.

Adliya vazirligiga hujum

Hozirgi vaqtda sobiq prezident FQB tomonidan olib qöyilgan maxfiy hujjatlar böyiça hokimiyat vakillari bilan huquqiy tortişuvlarga öralaşib qoldi.

Rasmiylarning ta’kidlaşiça, Tramp Oq uydan bir neça hujjatlarni noqonuniy tarzda olib ketgan va öz uyida saqlagan, ularning ba’zilari «öta maxfiy» maqomga ega.

Prokurorlarning ta’kidlaşiça, u hujjatlarning qanday qilib uyiga kelib qolgani böyiça ötkazilayotgan tergov harakatlariga tösqinlik qilgan bölişi mumkin.

Tramp avvalroq tergovni «jodugar ovi» deb atagan va şanba kungi mitingda ham şu ma’nodagi sözlarini takrorladi. U FQB reydini «şarmandali reyd va uyimga bostirib kiriş» deb atadi va buning odil sudlovga heç qanday aloqasi yöqligini aytdi.