Qimmatlagan maktab darsliklari: ijtimoiy tarmoq faollari qanday munosabat bildirişdi?
|03:43 / 05.09.202236 99212 min
Maktab darsliklarining ijara tölovi keskin ortgani ortidan ijtimoiy tarmoqlar qaynamoqda. Kimlardir 100 ming sömning nari-berisidagi summa arzimas ekanini ta’kidlayotgan bölsa, boşqalar uzoq tumanlarda 2-3 nafar farzandi maktabga boradigan oilalar uçun bu sezilarli xarajat bölişini aytişmoqda.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Internetdagi fikr yetakçilari, blogerlar ham bu borada özlarining fikrlarini ilgari surişmoqda.
Filolog, jurnalist va bloger Şahnoza Soatovaga köra, bu masalaga bozorda sotilayotgan kitoblardek qarab, narxdan norozilikni bolasiga kitob uçun pul qizğaniş, deya talqin qiliş notöğri.
«Heç kim ota-onalardan darsliklar ijaraga berilişi masalasini ham, uning şartlarini ham avvaldan muhokama qilmagan, ijtimoiy kelişuv bölmagan. Endi esa yana kengaşmay narx 2–3 baravar oşirilyapti.
Bir tomon har doim öziça şartlarni özgartiradigan va boşqa tomon bajarişga majbur böladigan holat aslo şartnomaviy munosabat emas. Şunday holda ota-onalarga har yili şartnoma imzolatilişi va şartlar özgaraverişi, iste’molçida esa tanlov imkoniyati bölmasligi adolatsizlik.
Taklif şuki, bunday masalalar ota-onalar bilan kelişib hal etilsin. Hozirgi narxlar özgarmas ekan, davlat masalaning ijtimoiy ahamiyatini e’tiborga olib va özining bepul ta’limni ta’minlaş mas’uliyatidan kelib çiqib, «yostiqça» paydo qilişi, ya’ni avvalgi yilgi ijara narxlari bilan hozirgisi örtasidagi farqni tölab berişi adolatdan böladi.
Darsliklar butkul bepul bölgani yaxşi, deb populistlik qilişim mumkin edi-yu, ammo bir muddat darsliklar çop etilişi jarayonida qatnaşganim uçun bilamanki, töliq davlat tölasa, öğriliklar karrasiga ortadi, budjetni yana xalq töldirişiga töğri keladi. Oşgan soliqlar şaklida baribir şu pulni tölaymiz keyin. Undan köra, ramziy miqdorda bölsa ham, oz qismini qöldan berib, hisobini özimiz sörab turganimiz ma’qul».
Huquqşunos va bloger Xuşnud Xudoyberdiyevga köra, muammo ijara haqining mavjudligida emas, balki narxning he yöq, be yöq, 2 baravar oşib ketganida.
«Buning ortidan «özi nega darsliklarga pul tölanyapti?» degan savollar berilmoqda, darsliklarni çop etuvçi tipografiyalarni örganiş boşlandi. Hammasi yaxşi, jamoatçilik nazorati bölişi kerak.
Bunday keskin darajada oşgan narx xalq uçun oğirlik qiladi. Kutilmaganda ularning çöntagiga berilgan zarba bölişi şubhasiz. Boz ustiga, ayrim sinflarning darsliklari umuman yangilanmagan, ammo ularda ham narx oşib ketgan. Bunisi endi 2 hissa adolatsizlik böldi.
Mavzuga oid
Bunday narx siyosati odamlarda darsliklarning yangilanişiga qarşi salbiy taassurot uyğotadi. «He, yangilamay har balo bölgurlar, undan köra bolam eski darslikda öqigani yaxşi edi», deyişadi. Sababi barçamizga ma’lumki, şu kungaça yaratilgan darsliklarning aksariyati sifatsiz bölgan.
Lekin ijara narxining 2 baravardan köproq oşişi mana şu qilinayotgan katta hajmli işlarni söroq ostida qoldiradi, xalqda nafrat paydo qiladi.
Şu sababli darslik ijarasining narxlarini ötgan yildagidan oşmaydigan qilib moratoriy e’lon qiliş, yetmayotgan qismini esa davlat budjetidan qoplaş kerak.
Yoki ikkinçi kattaroq yöl: darsliklarni butunlay tekin qilib qöyiş, hamma xarajatlarni davlat budjetidan qoplaşdek inqilobiy qadamni qöyiş kerak. Boşqa ayrim sohalarga bebiliska mablağ sarflanayotgan bir vaqtda, xalq ta’limidan va darsliklardan pulni qizğaniş notöğri böladi», — deb yozadi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Bloger DavletovUz darsliklarni qaysi taşkilotlar çop etayotgani masalasiga e’tibor qaratgan.
«Maktab darsliklarining ijara narxi uç baravargaça oşişi jamoatçilik diqqat e’tiboridagi asosiy masalaga aylandi. Xalq ta’lim vazirligi esa özini oqlamagan eksperimentlar, jamoatçilik ayyuhannosiga uçrayotgan — bir joyda depsinib turgan idoraga aylandi-qoldi.
2022 yilgi davlat budjeti parametrlariga köra, Respublika maqsadli kitob jamğarmasiga 605 mlrd söm mablağ ajratilişi kerak edi. Xöş, uşbu mablağlar qaysi kompaniyalarga ketmoqda?
Davlat xaridlari portali yangilangan (badtar bölgan)dan beri, aniqroği 2022 yilning 1 yanvaridan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan darsliklar çop etişga e’lon qilingan tenderlarda «KOLORPAK» MÇJ, agar adaşmagan bölsak, 260 mlrd sömdan ortiq buyurtmani yutgan. «ÖZBEKISTON» NASHRIYOT MATBAA IJODIY UYI esa (100% davlatniki) 110 mlrd sömdan ortiq davlat buyurtmasini olgan. Ğafur Ğulom naşriyoti (töliq davlatniki) esa taxminan 26 mlrd söm atrofida buyurtma olgan. «YANGIYUL POLIGRAPH SERVICE» MÇJ esa taxminan 47 mlrd sömlik buyurtma olgan.
Darsliklar Konstitutsiya va davlat kafolatlagan bepul maktab ta’limining uzviy va ajralmas qismidir. Ayniqsa, prezident Şavkat Mirziyoyev najotni ta’limda körayotgan ekan, maktab darsliklari bepul bölişi lozim», — deb yozadi DavletovUz.
Noşir va tadbirkor Feruz Allayev fikriga köra, maktab darsliklari uçun narxlar adolatli belgilangan.
«Mavzuni yaqindan örganib çiqdim. Masalan, 2-sinf bolasiga 102700 söm evaziga 18 ta darslik berilar ekan. Darslikning örtaça narxi 5705 söm. Darslik uç yil davomida işlatilsa 17100 sömga töğri kelyapti.
Endi şunçaki bosma narxlarini keltiraman. Bugun oddiy oq-qora sifatli qoğozda 300 betlik kitobni 3000 nusxada çop etiş narxi 20000 söm atrofida. Bu hali faqat çop etiş narxlari. Kitobni tayyorlaş, muharrirlar, korrektorlar, mualliflik huquqlari hisobga olinmagan. Agar kitob rangli çop etilsa, narx kamida ikki marotabaga oşadi. Kitob, juda katta hajmda millionlab çop etilgan taqdirda ham xarajatlari bilan 17100 söm çiqişi juda zör natija. Buyurtma qilib kitob çop ettiradigan odam sifatida aytyapman. Taxminim böyiça narxning bir qismi subsidiya qilinadi.
Kitobning hamma xarajatlari bilan qöşganda tannarxi qimmatligi uçun ham oddiy oq qora kitoblarning bozordagi örtaça narxi bugun 35–40 ming atrofida. Şu tomondan kelib çiqsa narx adolatli qöyilgan.
Endi masalaning ikkinçi tomoniga kelamiz. Kitoblarni çop etişda budjetdan pul ajratilganmi? Agar ajratilgan bölsa qança? Agar töliq moliyalaştirilgan bölsa, unda nima uçun aholidan pul olinyapti? Aminmanki, budjet moliyalaştirgan bölsa, vazirlikning kallasi mingta emas, aholidan pul yiğişga «duxi» yetmasdi. Budjetdan xarajatlar moliya tomonidan qanaqa nazorat qilinişini yaxşi bilaman.
Şu uçun ham kitoblar narxlari budjetdan moliyalaştirilmagan holatdan kelib çiqilsa juda arzon. Agar budjetdan moliyalaştirilgan bölsa, qança qismi, degan joyi bor.
Bu savollarga javob beriş uçun deputatlar özi ovoz bergan budjet loyihasini kötarişi va undan qança qismi darsliklar uçun ajratilganligini körib çiqişi kerak.
Bu yil 64 million dona darslik va qöllanmalar buyurtma qilingan ekan. Demak, budjetdan ajratilgan 605 milliard sömni 64 millionga böladigan bölsak, budjetdan har bir kitob uçun örtaça 9453 söm ajratilgan ekan. 17100 söm ota-onadan uç yilda olinadigan pulni hisoblasa, bir darslik narxi 26553 sömga töğri kelyapti. Şunda ham arzon.
Endi savol tuğiladi, darsliklar bepul bölişi kerak bölsa, budjetdan nimaga bunaqa kam summa ajratilgan? Yoki darsliklar pulli bölişi kerak bölsa, budjetdan nimaga pul ajratilgan?»
Iqtisodçi ekspert Otabek Bakirov öz Telegram-kanalida oxir-oqibatda xuddi şunday bölişini bir yil avval «ÖQITUVÇI» matbaa uyi «KOLORPAK» MÇJ nazoratiga ötganida, darsliklarini tayyorlaş buyurtmasi tösatdan davlat naşriyotidan olinib, «KOLORPAK» MÇJga berilganida aytib ötgandik, deb yozadi.
«Qoğoz narxi oşgani umuman ahamiyatsiz, logistika qiyinlaşgani öringa ega emas. Bular trillionlab summada kafolatlangan buyurtmalarni özlaştiriş uçun narxlarni baribir şişirişardi.
Şu ma’noda men e’tirozlar manzilini tuşunmayman. Nega Xalq ta’limi vazirligiga, qanaqadir pulxonaga aylanib qolgan markazlar, inspeksiyalarga şikoyat qilinmoqda? Axir ular şeriklar-ku?! Gorizontal böyiça şeriklar. Şuning uçun ham darsliklar uç karra qimmatlagan.
Xöş, nima qilmoq kerak deysizmi? Özbekistonda hozirça xalq saylagan bitta institut bor — Prezident. Qolgan hammasi çala, amorf va ölik. Xalqda neki dard bölsa, faqat Prezident nimanidir özgartiriş mumkin. Şuning uçun umid davlat rahbaridan.
Xöp, ungaça nima qiliş kerak, deysizmi? Ungaça:
Birinçidan, uç karra qimmatlaştirilgan kitob olişdan boş tortiş kerak.
Ikkinçidan, bundan bu yoğiga, qiymati 1 million dollardan ortiq har qanday buyurtma va tender xalqaro maqomga ega bölişi zarur. Bunça katta hajmdagi darslik va öquv qöllanmalarni Finlandiya yo Turkiyada çop etib keliş ham arzon, sifatliroq bölardi, deyişmoqda. Nima, öquvçi va ota-onalarning kitob mahri «KOLORPAK»ka tuşganmi?» — deb yozadi Bakirov.
Maktab darsliklarini işlab çiqişga mas’ul bölgan davlat idorasi — Respublika ta’lim markazi direktori Şuhrat Sattorov Facebook’dagi öz sahifasida «Ijtimoiy tarmoqlar orqali menga va Respublika ta’lim markaziga uyuştirilayotgan axborot xurujlaridan sezdimki, bizga qarşi jiddiy kuraş boşlangan», deb yozdi.
«Sönggi 3 yilda köpçilikning dumini bosib qöydik. Bular orasida eng katta buriliş — darsliklar tayyorlaş vazifasi naşriyotlardan olinib, Respublika ta’lim markaziga berilgani böldi. Buning boş sababi deyarli 20–30 yildan beri bir xil mazmundagi darsliklarning çop etilayotgani, şuningdek ta’lim mazmunini yangilaşda tub buriliş yasaş edi.
Şu yilning 6 oyida Respublika ta’lim markazida har kuni 2,5 tadan, jami 300 nomdagi darslik-qöllanma tayyorlandi. Bu yil jami 60 mln darslik bosilişi reja qilingan. Bu Özbekiston tarixida misli körilmagan raqam. Ilk marotaba xorij darsliklari moslaştirildi, tarjima qilindi, birga yozildi. Bu orada eski avlod mualliflar maktabini yangilaş uçun ayrimlardan voz keçilib, 350 nafarlik yangi avlod mualliflari maktabi şakllana boşladi.
Uyuştirilgan materiallarda darsliklar ijara narxi oşib ketganini Respublika ta’lim markazi bilan boğlaşibdi. Darsliklarning yaratiliş narxini şakllantiriş uçun odatda yil boşida naşriyotlardan narx örganamiz va bu narxlar ekspertiza xulosalari bilan asoslanadi. Ya’ni ularni yaratiş uçun bozordan oşiq yoki sun’iy narx qöyişning imkoni yöq. Darslik ijara narxining qisman kötarilişi xalqaro bozorda qoğoz narxining oşib borayotgani bilan boğliq.
Darsliklar sifati, mazmuni va yangi yondaşuv bilan maktablarga yangi ruh, yangiça muhit kirib boryapti. Buni öqituvçilar his qilişyapti, öquvçilar his qilişyapti. Bu masalada men oçiqçasiga muzokaraga tayyorman.
Biror taşkilot yoki şaxsga osongina qora çaplab, mehnati va nomini yöq qilişning zamonaviy usullari — ijtimoiy tarmoq orqali media xurujini uyuştirib, xalaqit qilayotganlarni va tizimni yöq qiliş odatiy mexanizmga aylanyapti.
Agar menga va jamoaga qarşi şunday yöldan borilayotgan bölsa, men boşlagan işlarni töxtatib, ta’limdan ketişga tayyorman. Çunki bundan taşqari boşqa köplab sohalarda ham işlay olaman.
Niyatim doim xolis bölgan — maktab ta’limi uçun qiziqarli, zamonaviy ta’lim muhiti yaratiş. Atrofimdagi yuzlab ekspertlar, ziyoli insonlarni ham şu maqsad jipslaştirgan», — deb yozgan Şuhrat Sattorov.
Eslatib ötamiz, avvalroq respublika maktablarida darslik töplamlarining ijara tölov miqdori ma’lum qilingan edi. Unga köra, sinflar böyiça darsliklarning ijara tölovi 180 foizdan 341 foizgaça oşgani hisoblab çiqilgan.