Har yili 31 avgust kuni ingliz oriylari va dunyo siyosatiga befarq bölmagan insonlar malika Diananing ölimi haqida nimadir öqiydi. Köpçilik Diana behad gözal ayol bölgani, Parijda misrlik xuştori Dodi al Fayyed bilan birga avtohalokatga uçragani, hatto intervyularida bölajak Britaniya qiroli bölmiş eriga vafo qilmaganini ayta oladigan darajada dangal ekanini biladi.

1983 yil. Uelc malikasi Diana Kanadaga taşrifi çoğida. Uning maşhurligi va ölimi haqida minglab afsonalar yangraydi. U aslida qanday bölganini köpçilik bilmaydi yoki unutib yuborgan / TIM GRAHAM PHOTO LIBRARY

Uning hayoti ziddiyatlarga töla bölgani ham köpçilikka sir emas. Ammo bir jihatga hamma ham e’tibor beravermaydi: Diana dunyodagi eng qudratli davlatlardan biri bölmiş Britaniya qirollik oilasiga bölgan qaraşlarni butkul özgartirib yuborgan. Qirollik oilasidagi oriylar özini fuqarodan ustun qöyiş ajablanişga ham arzimaydigan darajada oddiy holat ekanini his qilib yurgan bir vaqtda Diana bu oilada ham juda oddiy rözğor taşvişlari sabab janjallaşadigan odamlar yaşaşini butun dunyoga körsatib qöydi. U oddiy fuqarolarga şunçalik yaqin böldiki, odamlardagi qirollik oilasi haqida tuşunçalarining oyoği osmondan böldi.

Diana tabloidlarda yozilgani kabi faqatgina işqiy maşmaşalar ortidan maşhur bölgan bugungi Instagram yulduzlari kabi model emas, dunyodagi eng qudratli oilaga samimiylik olib kiriş orqali bu oiladagilar boşqalardan heç qanday farq qilmasligini isbotlagan malika edi. Ha, aynan şuning uçun odamlar Dianani qiroliça uni oiladan haydab çiqarganidan keyin ham malika deb ataşda davom etişdi.

BBC rus xizmati jurnalisti Yana Litvinova malika Diananing ziddiyatli hayotidagi köpçilik e’tibor bermaydigan jihatlariga e’tibor qaratib, maqola yozdi.

1997 yil 31 avgust kuni Parijgagi Alma köprigi ostidan ötuvçi tonnelda yoş ayol avtohalokatga uçradi va bir neça soat ötib kasalxonada halok böldi. Qizligida uni Diana Spenser deb, turmuşga çiqqanidan keyin esa Uels malikasi janobi oliyalari, ajraşganidan keyin şunçaki Diana, ölimidan keyin esa «xalq malikasi» deb ataşardi.

Diana vafot etgan 1997 yilning 31 avgustidayoq u yaşagan Kensingtondagi saroy gullarga töladi. Keyinçalik gul köpligidan saroyga 10 metrgaça yaqin borib bölmay qoladi. Foto: JACK TAYLOR